Galaxy S20 FE smartfoni qayta tirildi!

Galaxy S20 FE smartfoni qayta tirildi!

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi ortiqcha dabdabalarsiz o‘z uy mamlakatida Galaxy S20 FE 5G smartfonini 2022-yil uchun qayta chiqardi. Bir nechta o‘zgarishlarni hisobga olmasa, Galaxy S20 FE 2022 ikki yil avval chiqarilgan versiyasi bilan bir xil xususiyatlarga ega.

Samsung Galaxy S20 FE
Ekran 6.5 dyuym, AMOLED, 120Hz, FHD+ 
O‘lchamlari 159.8 x 74.5 x 8.4 mm
Og‘irligi 190g
Old kamera 32MP
Orqa kamera 12MP ultra keng, 12MP keng burchak kamerasi, 12MP telefoto
Batareya 4500mAh
Quvvatlanish 25W simli, 15W simsiz
Tarmoq & Ulanish 5G
Operativ xotira 6/8GB
Doimiy xotira 128/256GB
Protsessor 7nm 64-bit Octa-Core Processor
Chipset Qualcomm SM8250 Snapdragon 865
Chidamliligi IP68

Asosiy yangilik, endilikda yangi model qutisida AKG quloqchini bo‘lmaydi va u faqat uch xil: Cloud White, Cloud Lavender va Cloud Navy ranglarida bo‘ladi. Shuningdek, smartfon qutidan Android 12 bilan chiqadi.

Yana bir eng muhim o‘zgarish shundaki, Samsung Galaxy S20 FE 2022 oldingisidan $165 dollarga arzon bo‘lib, hozirda Koreyaning KT va LG Uplus operatorlari tomonidan 1 apreldan beri KRW 700,000, tahminan $575 dollar narxda sotilmoqda. Yo‘q, bu birinchi aprel hazili emas.

Samsung bu haqida rasmiy munosobat bildirmagan va hozirda smartfonning boshqa mamlakatlar uchun sotuvga chiqarilishi noma’lum.

O‘QING: Uyali telefonlar 49 yilligi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!