Galaxy S20 flagmanlarini iPhone 11’lar bilan taqqoslab ko‘ramiz! (Fotogalereya)

  •   DiMaX
  •  4543
  •  29.01.2020 11:05

Galaxy S20 flagmanlarini iPhone 11’lar bilan taqqoslab ko‘ramiz! (Fotogalereya)

Samsung fevral oyida Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlarini hamda Galaxy Z Flip buklamafonini taqdim qiladi. An’anaviy flagman turkumi vakillari o‘zlarining texnik xususiyatlari, dizaynidan tashqari, korpusining o‘lchamlariga ko‘ra ham ancha oldinlab ketibdi.

O‘QING: Galaxy S20 Ultra’ning yana ikkita ilg‘or jihati ma’lum bo‘ldi!

PhoneArena resursi Samsung Galaxy S20 oilasidagi flagmanlarni Apple korporatsiyasining 2019 yilgi smartfonlari – iPhone 11 modellari bilan solishtirib ko‘rsatdi.

Ekrani diagonaliga 6,3 dyuymlik bazaviy Samsung Galaxy S20 modelining korpusi 151,7x69,1x9,1 millimetrga teng. Mana, uni kupertinoliklarning o‘tgan yilgi eng arzon ayfoni bilan qiyoslaymiz:

O‘QING: Samsung fevralda yana ikkita arzon, ammo «bag‘rikeng» smartfon taqdim etadi!

Galaxy S20+ modeli 6,7 dyuymlik displeyga, 161,9x73,7x7,8-8,9 mililmetrlik korpusga ega. Shu holida u hatto eng yirik ayfon – iPhone 11 Pro Max’dan ham katta:

O‘QING: Eng qimmat ayfon ham DxOMark reytingida Apple’ni sharmanda qildi

Samsung flagmanlari orasida eng yirigi, eng zo‘ri va eng qimmati – Galaxy S20 Ultra korpusi 166,9x76x8,8-10,2 millimetrlik, ekrani esa 6,9 dyuymlik o‘lchamda. iPhone 11 Pro Max oldida u salkam “lopatafon” bo‘lib ko‘rinadi!

O‘QING: Samsung allaqachon Galaxy Note 20’larni tayyorlayapti: dizayni va farqlarini rasmlarda ko‘ramiz

E’tibor bergan bo‘lsangiz, Samsung flagmanlari iPhone’larga nisbatan balandroq va qalinroq, ammo ensizroq ekan. Narxlari esa...

O‘QING: Galaxy S20, S20+, S20 Ultra hamda Galaxy Z Flip narxlari kishini lol qoldiradi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!