Galaxy S20 olishga shoshilmang – Galaxy S21’lar undan arzon chiqadi!

  •   DiMaX
  •  3246
  •  03.12.2020 14:38

Galaxy S20 olishga shoshilmang – Galaxy S21’lar undan arzon chiqadi!

Smartfonsozlar yildan-yilga o‘z flagman modellarini kuchaytirib chiqarish bilan birga, ularning narxlarini ham tobora oshirib kelayotganini bilamiz. Xususan, eng sermahsul ishlab chiqaruvchi bo‘lgan Samsung bu borada ham oldingi safda.

O‘QING: Smartfon bozoridagi daromadning 93 foizini ikkitagina kompaniya bo‘lishib oldi! (2020 yil 3-chorak)

Koreyadagi insayderlarning xabar berishlaricha, yetakchi smartfonsoz navbatdagi flagmanlariga kelib, narx siyosatini o‘zgartirmoqchi. Masalan, bazaviy konfiguratsiyadagi Samsung Galaxy S21 uchun 850–900 dollar miqdorida narx belgilanadi. Taqqoslash uchun: eng arzon Galaxy S20 modeli 1000 dollardan sotila boshlagan edi.

Flagman turkumning boshqa vakillari ham oldingi «ajdod»lariga nisbatan taxminan shuncha arzon chiqariladi. Ya’ni, Galaxy S20+ boshlang‘ich narxi 1200 dollar edi, Galaxy S21 Plus smartfoni esa 1050-1100 dollardan sotuvga qo‘yiladi.

Galaxy S20 Ultra savdoga chiqqanida unga AQShda 1400 dollar, Yevropada esa 1350 yevro hajmida narx belgilangan edi. Uning davomchisi – Galaxy S21 Ultra flagmani bo‘lsa 1250-1300 dollardan sotiladi.

Bulardan tashqari, qayishqoq ekranli Galaxy Z Fold 3 ham qimmatlashmasdan, Galaxy Z Fold 2 narxida sotiladi. Mazkur buklamafon va Galaxy S21 turkumi flagmanlari Snapdragon 888 5G protsessori bazasida ishlaydi. Shunday ekan, Galaxy S20 turkumidagi biror smartfonni olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, sal shoshmasdan, biryo‘la keyingi avlod flagmanini xarid qilganingiz ma’qul.

O‘QING: Samsung eng arzon 5G-smartfonini butkul yangicha dizaynda tayyorlabdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!