Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra’larning barcha farqlarini bittada ko‘rib chiqamiz

  •   DiMaX
  •  4316
  •  14.02.2020 17:10

Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra’larning barcha farqlarini bittada ko‘rib chiqamiz

Samsung kompaniyasi 11 fevral kuni Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra smartfonlarini taqdim etdi. Ushbu flagmanlar o‘z dizayni va texnik xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro o‘xshash bo‘lsa-da, ayrim farqlarga ham ega va quyida ularni ko‘rib chiqamiz.

O‘QING: Galaxy Z Flip kutilganidan arzon narxda taqdim etildi! (+video)

Eng avvalo, har uchala model uchun umumiy bo‘lgan jihatlarni sanab o‘tamiz.

  1. Protsessor – sotilish hududiga qarab, Samsung Exynos 990 yoki Qualcomm Snapdragon 865.
  2. AMOLED-ekran – tasvir aniqligi 3200x1440 piksellik, kadr yangilanish chastotasi 120 Gs.
  3. Doimiy xotirasi – 128 GB .
  4. Gibrid SIM sloti (ikkita SIM-karta yoki bitta SIM-karta o‘rniga microSD xotira kartasi).
  5. Tezkor simsiz quvvatlash texnologiyasi.
  6. Dolby Atmos hajmli tovush texnologiyali AKG stereodinamiklari.
  7. Shisha qoplamali metall korpus.
  8. IP68 standartiga ko‘ra suvdan himoya.
  9. Ekranga integratsiyalashgan barmoq izi skaneri.
  10. NFC, LTE, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac/ax, Bluetooth 5.0, GPS modullari.

O‘QING: Butkul simsiz Galaxy Buds+ quloqchini namoyish qilindi (+videotavsif)

Endi esa uchta modeldgi flagmanlarning o‘zaro farqlarini ko‘rib chiqamiz.

  1. Narxlari:

Galaxy S20 – 1000 dollardan boshlanadi

Galaxy S20+ – 1200 dollardan boshlanadi

Galaxy S20 Ultra – 1400 dollardan boshlanadi

  1. Ekran o‘lchami:

Galaxy S20 – 6,2 dyuymlik

Galaxy S20+ – 6,7 dyuymlik

Galaxy S20 Ultra – 6,9 dyuymlik

  1. Akkumulyatori:

Galaxy S20 – 4000 mA/soatlik, 25 vattlik quvvtlash adapteri; reversiv quvvatlash funksiyali

Galaxy S20+ – 4500 mA/soatlik, 25 vattlik quvvtlash adapteri; reversiv quvvatlash funksiyali

Galaxy S20 Ultra – 5000 mA/soatlik, 45 vattlik quvvtlash adapteri; reversiv quvvatlash funksiyali

  1. Tezkor xotirasi:

Galaxy S20 – 8 GB

Galaxy S20+ – 8 GB

Galaxy S20 Ultra – 12 GB

  1. Old kamerasi:

Galaxy S20 – 10 MPlik

Galaxy S20+ – 10 MPlik

Galaxy S20 Ultra – 40 MPlik

  1. Bosh kamerasi:

Galaxy S20 – uch modulli: ultra keng burchakli 12 MPlik, F2.2 (120˚) / keng burchakli 12 MPlik, F1.8 (79˚) / telefoto 64 MPlik, F2.0 (76˚). 30 karralik zumga ega.

Galaxy S20+ – to‘rt modulli: ultra keng burchakli 12 MPlik, F2.2 (120˚) / keng burchakli 12 MPlik, F1.8 (79˚) / telefoto 64 MPlik, F2.0 (76˚) / chuqurlik datchigi. 30 karralik zumga ega.

Galaxy S20 Ultra – to‘rt modulli: ultra keng burchakli 12 MPlik, F2.2 (120˚) / keng burchakli 108 MPlik, F1.8 (79˚) / telefoto 48 MPlik, F3.5 (24˚) / chuqurlik datchigi. 100 karralik zumga ega.

  1. Korpus o‘lchami va vazni:

Galaxy S20 – 151,7x69,1x7,9 mm, 163 g

Galaxy S20+ – 161,9x73,7x7,8 mm, 186 g

Galaxy S20 Ultra – 166,9x76x8,8 mm, 220 g

Ko‘rib turganingizdek, Galaxy S20 modellarining qimmatrog‘i texnik jihatdan ham kuchliroq va bu holat mantiqan to‘g‘ri. Boshqa tomondan olib qaraganda, bularning hatto eng arzoni ham qulay foydalanish uchun yetarli imkoniyatlarga ega.

O‘QING: Xiaomi rahbari: Mi 10 flagmani Galaxy S20’dan kamida 400 dollarga arzon!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!