Galaxy S20 smartfonlarida 120Hz@QHD+ rezolyutsiyasi paydo bo‘ladi

Galaxy S20 smartfonlarida 120Hz@QHD+ rezolyutsiyasi paydo bo‘ladi

Samsung'ning yangi Galaxy S20 seriyalaridagi 120Hz displey yangilanish darajasi ularning ajoyib xususiyatlaridan biridir. Biroq buni ishga tushirishda 120Hz va QHD renderlarini tanlash kerak bo‘ladi, chunki rejim faqat FullHD o‘lchamiga qadar mavjud.Yangi xususiyatga ko‘ra, 120Hz@QHD rejimi dasturiy ta’minot yangilanishi orqali keladi. Akkumulyator quvvatini maksimal tejash uchun smartfon qaysi ilova ishlab turishiga qarab avtomatik tarzda 60 yoki 120Hz darajaga o‘tadi.

Ushbu mish-mish S20'da olingan skrinshot sabab tarqaldi. Tasvirda qurilma yangi proshivkada ishlayotgani va ekranning Dinamik yangilanish chastotasi opsiyasini tanlash mumkinligi ko‘rinib turibdi.Taxminlarga ko‘ra, agar telefon harorati 42°C darajadan oshib ketsa yoki telefon quvvati 5 foizdan kam qolsa, ekran yangilanish darajasi 60Hz ga tushadi. Shuningdek, Google Xarita yoki kamera ilovalaridan foydalanilganida ham yangilanish darajasi pasayadi.

Buning asosiy sababi 120Hz chastotasi keraksiz bo‘lgan payitda akkumulyator quvvatini tejashdir.

Barcha foydalanuvchilar xohlayotgandek yechimlar yo‘q bo‘lgan bir paytda, yangi Dinamik rejimi foydalanuvchilarga o‘z qurilmalarining haqiqiy imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatini beradigan to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadamga o‘xshaydi. Ushbu proshivka qachon kelishi haqida hanuzgacha biron bir ma’lumot yo‘q, lekin yangi tafsilotlar chiqishini kutib qolamiz.

O‘QING: Display Mate sinovida yangi rekord qo‘yildi