Galaxy S20 turkumida tayyorlanayotgan eng arzon smartfon hali chiqmagan OnePlus 8T bilan raqobatlashadi

  •   DiMaX
  •  950
  •  10.07.2020 16:01

Galaxy S20 turkumida tayyorlanayotgan eng arzon smartfon hali chiqmagan OnePlus 8T bilan raqobatlashadi

Samsung kompaniyasi o‘tgan yilgi flagmanining «yengillashtirilgan» versiyasi – Galaxy S10 Lite modelini taqdim etgan edi. Endi esa muxlislar uning davomchisi – Galaxy S20 Lite modelini kutishmoqda.

O‘QING: Galaxy M51 sal kechroq, Galaxy S20 Lite esa ertaroq chiqadi

Xabarlarga ko‘ra, Samsung bu qurilmasini bozorga Galaxy S20 Fan Edition (Galaxy S20 FE) nomi ostida taqdim etishi mumkin. Manbalarning ta’kidlashicha, kompaniya unda avval taxmin qilinganidek Snapdragon 855 yoki Snapdragon 765G emas, balki hozirgi flagman – Snapdragon 865 protsessorini qo‘llamoqchi.

Janubiy koreyaliklarning bunday qarorga kelishlariga sabab – «flagmanlar kushandalari»ni tayyorlovchi xitoylik smartfonsozning rejalaridir. Aniqrog‘i – hamyonbop OnePlus Nord modelidan tashqari, shu yilning o‘zida yana ilg‘or OnePlus 8T flagmani ham chiqishi mumkin. Samsung esa Galaxy S20 turkumiga kiruvchi modelini unikidan qolishmaydigan qilib tayyorlamasa bo‘lmaydi.

Samsung Galaxy S20 FE tekis (chetlari qayrilmagan) SAMOLED-ekran bilan jihozlanadi, uning 1080p formatidagi displeyi 60 gerslik kadr yangilanish chastotasiga ega. Uning bosh kamerasida asosiy datchik sifatida 50 megapiksellik Samsung ISOCELL GN1 moduli qo‘llanadi.

O‘QING: iPhone SE 2020 kushandasi: OnePlus eng arzon smartfonini tez orada taqdim etadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.