Galaxy S20 Ultra 5G hamda Galaxy Z Flip ilk rasmiy suratlar va «jonli» videoda!

  •   DiMaX
  •  3654
  •  07.02.2020 16:26

Galaxy S20 Ultra 5G hamda Galaxy Z Flip ilk rasmiy suratlar va «jonli» videoda!

Samsung keyingi haftadayoq Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlarini, shuningdek, Galaxy Z Flip buklamafonini namoyish etadi. Bulardan oxirgi ikkitasining birinchi rsmiy postlerlari internetga chiqib ketdi.

O‘QING: Barcha Galaxy S20’lardagi ushbu yangi funksiya Apple’ning eng zo‘r flagmanida ham yo‘q!

Ushbu reklama posterlarini hindistonlik insayder Ishan Agarval (Ishan Agarwal) e’lon qilgan. Mana, ulardan birinchisida Samsung Galaxy S20 Ultra 5G orqa tomonidan ko‘rsatilgan:

Galaxy S20 Ultra bosh kamerasidagi asosiy modul – 108 megapiksellik maxsus datchik bo‘lib, Mi Note 10 hamda Mi Note 10 Pro fabletlarida qo‘llash uchun Xiaomi’ga sotilgan sensordan farq qiladi.

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Bundan tashqari, Samsung Galaxy 20 Ultra kamera periskop modul hamda «kosmik miqyosli» 100 karralik zum bilan ham ta’minlangan. Ushbu flagman yana Qualcomm Snapdragon 865 protsessori va kuni kecha taqdim etilgan, 50 foizga tezkor LPDDR5 toifali «operativka» bilan ham jihozlangan.

Samsung Galaxy Z Flip buklamafoniga ham nazar solamiz:

O‘QING: Galaxy S20 va iPhone 9 allaqachon sotuvda, sovg‘asiga – Galaxy Buds+ va AirPods!

Xiaomishka nikli taniqli insayder bugun – 7 favralda himoya g‘ilofiga solingan Samsung Galaxy Z Flip smartfonining «jonli» videosini ham ulashgan:

Ushbu yangi texnologik mo‘’jizalarni 11 fevral kuni rasman namoyish etishadi.

O‘QING: Galaxy S20’larning aniq narxlarini Samsung xodimi aytdi – kutilganidan ham qimmat ekan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!