Galaxy S20 Ultra avtonomlik testida iPhone 11 Pro Max’ni zo‘rg‘a yengdi, lekin g‘olib – bulturgi flagman!

  •   DiMaX
  •  2578
  •  27.02.2020 09:56

Galaxy S20 Ultra avtonomlik testida iPhone 11 Pro Max’ni zo‘rg‘a yengdi, lekin g‘olib – bulturgi flagman!

Samsung kompaniyasining Galaxy S20 Ultra flagmani hozirda eng kuchli smartfonlardan biri bo‘lib turibdi. Uning akkumulyatori tok sig‘imi ushbu turkum modellari bo‘yicha rekordchi – 5000 mA/soatlik, lekin...

O‘QING: Samsung hamyonbop Galaxy M31’ni taqdim etdi: qarang-chi, «megamonstr» deyishga arzirmikan?

Xo‘sh, bunchalik sig‘imdor batareya Galaxy S20 Ultra avtonomligini qanchalik oshirgan? Tom’s Guide nashri shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida bir nechta flagman smartfonlar ishtirokida avtonomlik testi o‘tkazib ko‘rdi.

Tajriba jarayonida qurilmalarda ekran yorqinligi bir xilda – 150 k/m2 qilib qo‘yilgan va ular uyali aloqa tarmog‘i orqali brauzer ishga tushirilgan. Galaxy S20 Ultra modeli ikki marta – displeydagi tasvir yangilanish chastotasi 60 gerslik va 120 gerslik rejimlarda tekshirilgan.

Xullasi kalom, akkumulyatorlarining to‘la quvvati bilan bu flagmanlar quyidagicha vaqt mobaynida ishlay olgan:

Ko‘rib turganingizdek, Galaxy S20 Ultra modeli 60 gerslik rejimda asosiy raqibi – iPhone 11 Pro Max’dan salgina oshiq natija ko‘rsatgan. Biroq mazkur testda baribir Samsung’ning o‘tgan yilgi flagmani – Galaxy S10 Plus g‘olib chiqqan. To‘g‘ri, uning akkumulyatori unchalik sig‘imdor emas – 4100 mA/soatlik, biroq shunga yarasha ekrani kichikroq va «ochofat» 5G-modemi yo‘q.

Galaxy S20 Ultra ekran yangilanish chastotasi 120 gerslik rejimda ko‘rsatgan natija ham chakki emas. 25 vattlik texnologiya asosida tezkor – 58–59 daqiqada to‘la quvvatlanib ulgurishi ham bu smartfonning ijobiy jihatlaridan biridir.

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.