Galaxy S20 Ultra’ning yana ikkita ilg‘or jihati ma’lum bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  3911
  •  23.01.2020 14:46

Galaxy S20 Ultra’ning yana ikkita ilg‘or jihati ma’lum bo‘ldi!

Samsung kompaniyasi 11 fevralda Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlari hamda Galaxy Z Flip buklamafonini tqdim etadi. Flagmanlar orasida «Ultra»si hammasidan ham katta, ilg‘or va... qimmat bo‘lyapti!

O‘QING: Galaxy S20, S20+, S20 Ultra hamda Galaxy Z Flip narxlari kishini lol qoldiradi!

XDA Developers bosh muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) janubiy koreyalik gigantning kutilayotgan flagmanlari haqida yangi ma’lumotlarni ulashishda yetakchilik qilmoqda. Jumladan, u endi Galaxy S20 Ultra modelining ikkita o‘ziga xos xususiyatini aytdi.

Unga ko‘ra, ushbu smartfon yanada takomillashtirilgan, bosh moduli 108 MPlik bosh kamerasidan tashqari, korpusi materiali bilan ham maqtana oladi. Galaxy S6 davridan buyon Samsung ushbu turkumidagi qurilmalar korpusida aviatsion alyuminiy qotishmasidan foydalanib kelayotgan bo‘lsa, Galaxy S20 Ultra zanglamaydigan po‘latdan tayyorlayapti!

Ikkinchi ma’lumot esa Samsung Galaxy S20 Ultra ekranida kadrning yangilanish chastotasiga tegishli. Dastlabki sozlamalarga ko‘ra u 60 gerslik chastotada yangilanadigan bo‘ladi; bu esa akkumulyator quvvatining maksimal darajada uzoqqa yetishini ta’minlaydi. 120 gerslik rejimga esa ekran sozlamalari orqali o‘tish mumkin bo‘ladi; uni faollashtirganda foydalanuvchiga tasvir yanada ravon bo‘lishi, lekin batareyaning quvvati tezroq pasayishi eslatiladi.

O‘QING: Samsung fevralda yana ikkita arzon, ammo «bag‘rikeng» smartfon taqdim etadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.