Galaxy S20 va iPhone 9 allaqachon sotuvda, sovg‘asiga – Galaxy Buds+ va AirPods!

  •   DiMaX
  •  3694
  •  06.02.2020 10:00

Galaxy S20 va iPhone 9 allaqachon sotuvda, sovg‘asiga – Galaxy Buds+ va AirPods!

Butun dunyo ahli shu kunlarda Galaxy S20 hamda iPhone 9 smartfonlarining taqdimotiga ko‘z tikkan. Samsung’ning mazkur flagmanlari namoyishiga bir haftadan ozroq vaqt qolgan bo‘lsa, Apple bu hamyonbop ayfonining mavjudligini hatto tasdiqlagani ham yo‘q.

O‘QING: Martda chiqadigan iPhone 9 (yoki iPhone SE 2) qoyilmaqom reklama roligida!

Shunga qaramasdan, allaqachon ushbu smartfonlar uchun butkul rasmiy savdo tizimlari oldindan buyurtma ola boshlashibdi! Ice Universe nikli tarmoq informatori anonim manbadan olgan quyidagi suratlarni Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan:

Ko‘rib turganingizdek, Janubiy Koreyaning yirik mobil operatorlaridan bo‘lgan Korea Telecom o‘z do‘konida Galaxy S20 hamda iPhone 9’ni bemalol reklama qilib, erta buyurtma rasmiylashtirishga chaqiryapti.

O‘QING: Barcha Galaxy S20’lardagi ushbu yangi funksiya Apple’ning eng zo‘r flagmanida ham yo‘q!

Bundan tashqari, Korea Telecom hali namoyish qilinmagan Galaxy Buds+ simsiz quloqchinini ham tilga olgan:

Bu yerda yozilishicha, Galaxy S20 uchun avvaldan buyurtma qilganlarga Galaxy Buds+ sovg‘a qilinadi. iPhone 9 uchun oldindan buyurtma bergan xaridorlar esa hadya sifatida AirPods quloqchini olishadi. To‘g‘ri, narxlar hozircha ko‘rsatilmagan.

O‘QING: Galaxy S20’larning aniq narxlarini Samsung xodimi aytdi – kutilganidan ham qimmat ekan!