Galaxy S20'lar Samsung uchun navbatdagi boshog‘rig‘i bo‘ldi

Galaxy S20'lar Samsung uchun navbatdagi boshog‘rig‘i bo‘ldi

O‘tgan yili Galaxy S20 seriya smartfonlari sotila boshlaganidan ko‘p o‘tmay, smartfonlar kamera moduli ustiga qoplangan shisha panel kutilamaganda sinib qolayotgani haqida juda ko‘plab xabarlar internetda tarqalgandi.

Ushbu muammo qancha foydalanuvchiga zarar yetkazgani noma’lum. Samsung bu muammo mijozlarning emas, balki o‘zining aybi ekanini tan olgan.

Hagens Berman nomli AQSh yuridik firmasi muammoni shunchaki tan olishi yetarli emas, deb o‘ylab, Samsung'ni bir necha iste’molchi huquqlarini buzganilikda ayblab, sudga berdi.

Kamera modulini qoplab turuvchi shisha sifati past va bu smartfonlar narxiga mutanosib emas. Bundan tashqari, shisha singach, smartfonning chang va suvdan himoyasi, ya’ni IP darajasi ham bekor bo‘ladi hamda kamera ham ishdan chiqishi mumkin.

Ushbu muammo S20 lineykasidagi deyarli barcha (ham 4G, ham 5G; S20 FE 4G, S20 FE 5G) smartfonlarda kuzatilgan.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

O‘QING: Xiaomi nega AQShni sudga berdi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!