Galaxy S21 allaqachon Snapdragon 888 protsessori bilan Geekbench’da... sharmanda bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1964
  •  04.12.2020 10:01

Galaxy S21 allaqachon Snapdragon 888 protsessori bilan Geekbench’da... sharmanda bo‘ldi!

Qualcomm kompaniyasi flagman chipsetini kutilayotganidek Snapdragon 875 emas, balki Snapdragon 888 5G nomi bilan kuni kecha taqdim etdi. Chipsoz uning bazasida qaysi kompaniyalar smartfon ishlab chiqarishini ma’lum qilgan, ulardan qay biri dastlabkisi bo‘lishini esa Xiaomi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) aytgan.

O‘QING: Galaxy S20 olishga shoshilmang – Galaxy S21’lar undan arzon chiqadi!

Jahon bozorida ushbu chipsetli birinchi smartfon Galaxy S21 turkumidagi flagmanlar bo‘ladi. Ishonchli insayder Jon Prosser (Jon Prosser) ta’kidlashicha, Samsung ularni 14 yanvar kuni rasman namoyish etadi.

Mazkur turkumdagi standart flagman – Samsung Galaxy S21 modeli SM-G991U katalog raqami ostida Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgani aniqlandi. Benchmark ma’lumotlariga ko‘ra, uning «ona plata»si «lahaina» nomiga ega; bu esa Snapdragon 888 protsessorining kodli belgisidir. Shuningdek, smartfonning tezkor xotirasi 8 gigabaytlik, operatsion tizimi esa Android 11 talqinida.

Geekbench testi mazkur smartfonning samaradorligini ham baholash imkonini beradi, lekin bu faqat Galaxy S21 zarariga ishlaydi. Zero, uning natijalari Snapdragon 888 taqdimotida Qualcomm e’lon qilgan tezkorlikka umuman o‘xshamaydi. Hattoki o‘tgan oyning o‘rtasida ayni shu benchmarkda tekshirib ko‘rilganida ham mazkur smartfon bu galgisidan ancha yuqori natija ko‘rsatgan edi.

Tabiyki, rasmiy namoyishiga qadar Samsung bu smartfonini optimallashtiradi va uning haqiqiy kuchini keyin ko‘ramiz.

O‘QING: Geekbench aniqlik kiritdi: Mi 11 eng zo‘rmi, Mate 40 Pro’mi yoki Galaxy S21?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.