Galaxy S21 FE allaqachon surati bilan Samsung rasmiy saytiga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1214
  •  03.05.2021 10:43

Galaxy S21 FE allaqachon surati bilan Samsung rasmiy saytiga chiqdi!

Samsung bu yilgi flagmanlar turkumida Galaxy S21 hamda Galaxy S21 Plus hamda Galaxy S21 Ultra modellarini taqdim etgan. Ushbu seriyada endi nisbatan arzon – Galaxy S21 FE smartfoni ham namoyish qilinadi.

O‘QING: Galaxy S20'lar Samsung uchun navbatdagi boshog‘rig‘i bo‘ldi

Mazkur kompaniya bulturgi Galaxy S20 FE (yoki Galaxy S20 Fan Edition) smartfonini ikki xil versiyada, 23 sentyabrda taqdim etgan. Biroq uning izdoshi – Samsung Galaxy S21 FE (yoki Galaxy S21 Fan Edition) ertaroq chiqadigan ko‘rinadi. Ushbu qurilma allaqachon ikki xil versiyada Hindistonning rasmiy regulyatori – BIS sertifikatsiyasidan o‘tgan. Uning ma’lumotlar bazasida saqlanib qolgan qaydlar esa telefonning ayrim xususiyatlarini oshkor etgan.

Endi esa Samsung Mexico rasmiy saytida ham Galaxy S21 FE smartfoni haqida ilk eslatma – uning sahifasi paydo bo‘ldi.

Samsung Galaxy S21 Fan Edition tekis – chetlari qayrilmagan, FullHD+ rezolyusiyali ekranga, plastikdan ishlangan orqa panelga ega. Uning bosh kamera blogi ham xuddi o‘sha plastikdan qilingan, shular tufayli bu arzonlashtirilgan smartfon Samsung Galaxy S21 turkumidagi boshqa flagmanlardan yaqqol ajralib turadi.

O‘QING: Galaxy S21 flagmanlari tannarxi hatto Galaxy S20’larnikidan ham past ekan: nimalarda tejashgan?

Bu gadjetning korpusi IP68 darajasida chang va namdan himoyalangan. Taniqli insayder – OnLeaks bergan ma’lumotga ko‘ra, bu gal ekran o‘lchami bulturgi Galaxy S20 FE modelinikidan ixchamroq. Ya’ni, Galaxy S21 Fan Edition smartfoni 6,4 dyuymlik AMOLED-displeyga ega, uning kadr yangilanish chastotasi esa 120 gersga teng.

Standart Galaxy S21 hamda Galaxy S21+ flagmanlarida selfi uchun 10 megapiksellik sensor qo‘llangan bo‘lsa, Galaxy S21 FE modeli 32 megapiksellik old kameraga ega bo‘ladi.

Samsung ushbu smartfonini 6/8 gigabaytlik tezkor hamda 128/256 gigabaytlik doimiy xotira chiplari bilan taqdim etadi. Galaxy S21 Fan Edition qaysi mamlakat bozoriga mo‘ljallanganligiga qarab Exynos 2100 yoki Qualcomm Snapdragon 888 protsessorlari bazasida teriladi.

O‘QING: Galaxy S21 flagmanlari tannarxi hatto Galaxy S20’larnikidan ham past ekan: nimalarda tejashgan?