Galaxy S21 FE taqdim etildi

Galaxy S21 FE taqdim etildi

Samsung 2022-yilni Galaxy S21 FE modelini taqdim etishdan boshladi. Uzoq kutilgan smartfon nihoyat bugun taqdim etildi. 

Qurilma 120Hz ekran yangilanish chastotasi hamda 240Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 2340x1080 piksel rezolyutsiyadagi 6.4 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Smartfonning ravon ishlashiga Snapdragon 888 5G chipi javob beradi. 

Qurilmaga umumiy to‘rtta: 32MP f/2.2 diafragmadagi selfi kamera, 12MP f/1.8 diafragmadagi asosiy kamera, 3x zumni qo‘llab-quvvatlovchi 8MP f/2.4 diafragmadagi telefoto kamera hamda 12MP f/2.2 diafragmadagi ultrakeng kamera o‘rnatilgan. 

Galaxy S21 FE bir necha rejimlarda suratga olishi mumkin. Tungi rejim bir necha kadrli 14 suratni bitta suratga birlashtiradi. Shuningdek, video yozishda bir necha kameralardan bir vaqtning o‘zida foydalanish mumkin. 

Object Eraser xuddi Pixel 6 seriyasidagi Magic Eraser kabi ishlaydi, ushbu funksiya orqali rasmdagi keraksiz ob’yektlarni o‘chirib tashlash mumkin. 

Smartfon korpusining qalinligi 7.9 millimetr, og‘irligi esa 177 grammni tashkil qiladi. Kamera moduli orqa panelga birlashib ketgan. Orqa panel esa matoviy qoplamaga ega. 

Galaxy S21 FE'ga 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, uning White, Graphite, Lavender va Olive rangli turlari mavjud. 

Qurilmaning 8/128GB xotira hajmiga ega versiyasining narxi 699 dollarni tashkil qiladi. Smartfon 11-yanvarda sotuvga chiqariladi. 

O‘QING: Uchta Galaxy smartfoni barqaror One UI 4 grafik qobig‘iga o‘tmoqda 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!