Galaxy S21 FE'ning narxi va qanday turdagi ranglarda sotuvga chiqishi ma’lum bo‘ldi

Galaxy S21 FE'ning narxi va qanday turdagi ranglarda sotuvga chiqishi ma’lum bo‘ldi

Samsung kompaniyasi 2022 yilning yanvar oyida Galaxy S21 FE smartfonini taqdim etishi kutilmoqda. Avvalroq smartfonning barcha texnik jihatlari ishonchli insayderlar tomonidan ochiqlangan edi. 

Yaqinda WinFuture.de sayti smartfonning narxlari hamda qanday ranglarda sotuvga chiqishi haqida ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, 8/128GB xotira turiga ega bo‘lgan Galaxy S21 FE - 649 yevro, uning 8/256GB lik versiyasi esa 699 yevro narxda sotuvga chiqadi. 

Shuningdek, smartfon oq, qora, pushti va yashil ranglarda taqdim etiladi. 

O‘QING: Galaxy S21 FE GeekBench'da testdan o‘tdi