Galaxy S21 FE'ning to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Galaxy S21 FE'ning to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung kompaniyasi Galaxy S21 FE'ning taqdimotini oktyabr oyida o‘tkazishi kerak edi. Lekin smartfon taqdimoti noma’lum sabablarga ko‘ra yanvar oyiga kechiktirildi. 

O‘QING: iQOO ham Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etadi

Hamyonbop flagmanining taqdimot sanasi yaqinlashmoqda. SamMobile esa qurilmaning to‘liq texnik jihatlarini oshkor qildi. 

Demak, Galaxy S21 FE'ga 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 6.4 dyuymli FullHD+ rezolyutsiyadagi Dynamic AMOLED 2X displeyi o‘rnatiladi. Displey yuqori qismining markazidan yumaloq tirqishli 32MP selfi kamera o‘rin oladi. 

Fan Edition xuddi S21 seriyasi kabi hududga qarab Exynos 2100 yoki Snapdragon 888 chiplari bilan jihozlanadi. Qurilmaning 6/8GB tezkor xotira, 128/256GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan turlari sotuvga chiqariladi. Taxminlarga ko‘ra, xotirani microSD kartasi bilan kengaytirib bo‘lmaydi. 

Orqa paneldagi kameralar modulidan 12MP f/1.8 diafragmadagi asosiy kamera, 12MP f/2.2 diafragmadagi ultrakeng kamera hamda 3x optik zumga ega bo‘lgan 8MP f/2.2 diafragmadagi telefoto kamera o‘rin oladi. 

Boshqa texnik jihatlar sirasiga 25 vatt quvvatlash texnologiyasi, 15 vatt simsiz quvvatlash texnologiyasi hamda IP68 standarti kiradi. Qurilma Android 12 operatsion tizimida ishlaydi. 

MacRumors'ning ta’kidlashicha, qurilma Android 15 operatsion tizimigacha bo‘lgan dastur yangilanishlarini qabul qiladi. 

Smartfonning narxi borasida aniq ma’lumot yo‘q, biroq taxminlarga asoslanadigan bo‘lsak, Galaxy S20 FE kabi S21 FE ham 699 dollardan sotuvga chiqadi. 

S21 FE kelasi oyda taqdim etilishi kutilmoqda. CES tadbiri yanvar oyida bo‘lib o‘tishi sababli, Samsung qurilmani Las-Vegasda taqdim etishi mumkin, ammo kompaniya ko‘p yillar davomida CES tadbirida hech qanday smartfonni taqdim etmadi. 

Boshqa taxminlarga ko‘ra, kompaniya S21 FE'ni fevral oyida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan MWC tadbirida yoki onlayn tarzda taqdim qilishi mumkin. 

O‘QING: iPhone 14 Pro yumaloq tirqishli selfi kameraga ega bo‘ladi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!