Galaxy S21 flagmanini Samsung naq $700 chegirma bilan taklif etyapti!

  •   DiMaX
  •  2115
  •  29.12.2020 15:36

Galaxy S21 flagmanini Samsung naq $700 chegirma bilan taklif etyapti!

Samsung kompaniyasi Galaxy S21, Galaxy S21 Plus hamda S21 Ultra flagmanlarini bulturgi modellar – tegishlicha Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra modellaridan arzonroq sotishi haqida yozgan edik. Hattoki ularning turli versiyalari uchun Yevropa bozoriga mo‘ljallangan narxlari ham ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Galaxy S21'lar «ta’mini tatib» ko‘ring!

Yangi avlod flagmanlarining 14 yanvarda namoyish etilishini aytishgan, biroq Samsung hali buni rasman e’lon qilmagan. Shunday bo‘lsa-da, janubiy koreyalik korporatsiya AQShda allaqachon Galaxy S21 turkumi smartfonlari uchun oldindan buyurtma ola boshlagan.

Buni avvaldan buyurtma degandan ko‘ra, zaxiralab (bron qilib) qo‘yish desak to‘g‘riroq bo‘lar balki. Zero, amerikaliklar bronlab qo‘yish uchun hech qanaqa to‘lov qilishmadi. Samsung istovchilardan faqat qaysi modeldagi flagmanni olishiga aniqlik kiritishni hamda o‘z ma’lumotlarini (ism-familiya, elektron pochta manzili va pochta indeksini) so‘rab olib, qayd qilib qo‘ymoqda. Lekin shu tariqa oldindan ro‘yxatdan o‘tganlarga smartfonlarni birinchi bo‘lib – namoyishidan keyinoq yetkazib beradi.

O‘QING: Samsung Galaxy A42 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Shu bilan birga, Samsung qiziqarli bir treyd-in dasturini joriy etayotganligi haqida ham ma’lumot paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, xaridor o‘zining iPhone 12, Galaxy S20 yoki Galaxy Note 20 smartfonini topshirib, Galaxy S21 uchun naq 700 dollarlik chegirma olishi mumkin! Bu esa bugun taqdim etilgan Xiaomi Mi 11 flagmani – Snapdragon 888 chipseti bazasidagi ilk smartfon narxiga teng miqdordir.

Shuningdek, Samsung oldindan buyurtma berganlarga 50 dollarlik kupon ham hadya etmoqda – uni kompaniyaning aksessuarlari, quloqchin va aqlli soatlari xaridida qo‘llash mumkin. Bordiyu xaridor avvaldan buyurtmani Shop Samsung ilovasi orqali amalga oshirsa, kompaniya bularga yana 10 dollar qo‘shib beradi.

O‘QING: Tanlovda qatnashib, Galaxy A50 va boshqa sovrinlar yutib oling!