Galaxy S21 hamda iPhone 12 benchmarkda o‘zaro «jang» qildi (video)

  •   DiMaX
  •  1567
  •  11.02.2021 18:30

Galaxy S21 hamda iPhone 12 benchmarkda o‘zaro «jang» qildi (video)

Shu kungacha Apple va Samsung kompaniyalarining so‘nggi flagmanlari turli testlarda o‘zaro taqqoslab ko‘rsatilgan. Speed Test G nomli YouTube-kanal muallifi esa ularni bevosita benchmarkda, bir vaqtning o‘zida sinab ko‘rdi va videosini e’lon qildi.

O‘QING: iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 mustahkamligini tasodifan... kir yuvish mashinasida sinab ko‘rishdi!

Ushbu sinovda standart talqindagi iPhone 12 hamda Snapdragon 888 bazasidagi Galaxy S21 flagmanlarining samaradorligi tekshirib ko‘rilgan. Vloger ularning kuchini Speed Test GX 2.0 benchmarki yordamida sinagan, ketma-ketlikda asosiy protsessor (CPU), grafik tezlatgich (GPU) testlarini o‘tkazgan va aralash sinov ham o‘tkazgan.

Barcha sinovlarda iPhone 12 modelining qo‘li baland kelgan:

Blogerning ta’kidlashicha, Galaxy S21 test vazifalarini o‘z raqibidan umumiy hisobda atigi 5,7 soniyaga kech yakunlagan, xolos. Kundalik foydalanishda esa bu farq oddiy yuzer uchun umuman sezilmaydi ham.

O‘QING: 108 MPlik Galaxy S21 Ultra hamda 12 MPlik iPhone 12 Pro Max kamera jangi (video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!