Galaxy S21 smartfoni va qadog‘i aks etgan «jonli» video tarqaldi (+narxlari)

  •   DiMaX
  •  1877
  •  11.01.2021 10:51

Galaxy S21 smartfoni va qadog‘i aks etgan «jonli» video tarqaldi (+narxlari)

Samsung korporatsiyasining navbatdagi flagmanlari 2021 yilning eng kutilayotgan 10 smartfoni ro‘yxatida taqdimoti eng yaqinidir. Lekin rasmiy namoyishi 14 yanvarda bo‘ladigan bu qurilmalarning klonlari Xitoyda allaqachon sotuvga chiqqan.

O‘QING: Galaxy S21'lar «ta’mini tatib» ko‘ring!

Keng jamoatchilikka rasman ko‘rsatilishiga uch kun qolganida insayderlar Samsung Galaxy S21 smartfonining «jonli» videosini e’lon qilishdi. Lavhada qurilmaning o‘zi hamda sotuvga chiqariladigan qutisini ko‘rish mumkin.

Guvohi bo‘lib turganingizdek, yangi flagmanning qadog‘i bulturgi – Galaxy S20 modelinikidan aytarli farq qilmas ekan.

Eslatib o‘tamiz, yangi turkumga standart Galaxy S21 modelidan tashqari, Galaxy S21 Plus hamda S21 Ultra flagmanlari kiradi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bulardan faqat so‘nggisi xotira kartasini hamda S Pen stilusini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, bu devayslarning Yevropadagi narxlari ham aytilmoqda: Samsung ular uchun tegishlicha 850 yevro, 1 050 yevro va 1 250 yevrodan boshlanuvchi narxlar belgilayapti. Ya’ni, ular bulturgi modellar – tegishlicha Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra modellaridan arzonroq bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy S21 flagmanini Samsung naq $700 chegirma bilan taklif etyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!