Galaxy S21 turkumining uchta flagmanini ilk rasmiy videolarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1919
  •  09.12.2020 11:47

Galaxy S21 turkumining uchta flagmanini ilk rasmiy videolarda ko‘ramiz!

Kuni kecha biz Galaxy S21, S21 Plus hamda S21 Ultra modellarining o‘lchamlarini taqqoslab ko‘rsatuvchi birinchi «jonli» fotorasmni e’lon qilgan edik. Shuningdek, ularni har tomonidan aks ettiruvchi o‘ta sifatli render-suratlar ham chiqqan.

O‘QING: Kvadrokamerali va 7000 mAs batareyali hamyonbop Galaxy M12 sertifikatsiyadan o‘tdi

AndroidPolice nashri bo‘lsa allaqachon Galaxy S21 turkumi vakillarining rasmiy roliklarini ham qo‘lga kiritibdi! Ulardan birinchisida standart Samsung Galaxy S21 modeli Phantom Violet rangli korpusda ko‘rsatilgan:

Oldingi insayderlik xabarlarida aytilganidek, u yassi ekranga va uch modulli kameraga ega. Korpusining ayrim qismlari binafsharang bilan kontrast tashkil etuvchi bronza tusida ishlangan.

O‘QING: Galaxy S21 allaqachon Snapdragon 888 protsessori bilan Geekbench’da... sharmanda bo‘ldi!

Uchlikning ikkinchisi – Samsung Galaxy S21+ ham xuddi standart flagman kabi ko‘rinishga ega, ularning o‘zaro farqlari korpus va displey o‘lchamida, shuningdek, akkumulyatorining tok sig‘imida bo‘ladi:

Va nihoyat, Galaxy S21 Ultra modeli qora tusli korpusda ko‘rsatilgan; uning ekrani katta, chetlari qayrilgan; bosh kamerasi esa to‘rtta datchikni o‘z ichiga olgan. Ularning yuqorisida lazerli avtofokus tizimiga ko‘zimiz tushadi.

Samsung ushbu uchta flagmanini 14 yanvar kuni bo‘lishi taxmin qilinayotgan Galaxy Unpacked tadbirida namoyish etadi.

O‘QING: Galaxy S20 olishga shoshilmang – Galaxy S21’lar undan arzon chiqadi!