Galaxy S21 Ultra, Pixel 6 Pro, iPhone 13 Pro Max - qay birining akkumulyator avtonomligi yaxshiroq?

Galaxy S21 Ultra, Pixel 6 Pro, iPhone 13 Pro Max - qay birining akkumulyator avtonomligi yaxshiroq?

PhoneBuff kanali mualliflari iPhone 13 Pro Max, Galaxy S21 Ultra va Pixel 6 Pro smartfonlarining akkumulyator avtonomligi testini o‘tkazdi. Sinov robot qo‘l yordamida amalga oshirildi. 

O‘QING: 2021 yil 3-chorakdagi eng zo‘r o‘nta smartfon (Master Lu reytingi) 

Sinov natijalariga ko‘ra, Apple flagmani raqiblarini sezilarli darajada ortda qoldirdi. Samsung flagmani ikkinchi, yangi Pixel 6 Pro esa so‘nggi o‘rinni egalladi. 

Diagrammaga qaraydigan bo‘lsak, ikki Android smartfon boshidanoq iPhone'ga qaraganda ko‘proq quvvat sarflagan. Brauzerdan foydalanganda hamda o‘yin o‘ynalganda esa Google hamda Samsung smartfonlari yanada ko‘proq quvvat sarfladi.

Pixel 6 Pro va Galaxy S21 Ultra bir xil 5,000 mAs akkumulyatorga ega, ularning displey hajmlari ham deyarli teng hamda ikkila smartfonning displeyi 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Aftidan, Samsung flagmaniga o‘rnatilgan Snapdragon 888'ning energiya samaradorligi Tensor chipidan yaxshiroq yoki One UI tizimi yaxshiroq energiya tejamkorligiga ega. 

O‘QING: Kamera taqqos: Google Pixel 6 Pro vs Apple iPhone 13 Pro