Galaxy S21 Ultra smartfoni orqali hujjatli film suratga olindi

Galaxy S21 Ultra smartfoni orqali hujjatli film suratga olindi

Bu yil Galaxy Note seriyasi taqdim etilmadi. S21 Ultra hozirda eng yaxshi kameraga ega bo‘lgan Galaxy smartfoni bo‘lib turibdi. Qurilmaning 108MP asosiy kamera hamda ikkita telefoto kameraga egaligi uni ko‘p qirrali kamerafonga aylantirgan. 

Samsung kompaniyasi Discovery telekanali bilan hamkorlikda yovvoyi tabiat haqida hujjatli filmni suratga oldi. Fotograf Yashas Narayan va uning jamoasi yovvoyi tabiatdagi yo‘lbarslarni suratga olish uchun bir juft Galaxy S21 Ultra smartfonidan foydalandi.

Ushbu hujjatli filmni quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Ta’kidlash joizki, operator tasvirga olish jarayonida hech qanday qo‘shimcha linzalardan foydalanmadi. Qulaylik yaratish maqsadida jamoa faqat smartfon tutqichlaridan foydalangan xolos. 

Filmni qisqacha tomosha qilgandan so‘ng, uni professional kameralarda olinmaganini oson ilg‘ab olish mumkin. Ob’yektni yaqinlashtirib videoga olayotgan vaqtda video sifati yomonlashib ketgan. 

Shunday bo‘lsada, smartfon o‘z ishini juda yaxshi bajara olgan. Ayniqsa mashinada olingan videolarning stabilizatsiyasi a’lo darajada. Mashina notekis yo‘lda silkinib yurishiga qaramay, smartfon videodagi silkinishlarni optik stabilizatsiya orqali bartaraf eta olgan. 

Shuningdek, filmning kadr orti sahnalarini quyida tomosha qilishingiz mumkin. 

O‘QING: Razer kompaniyasi MagSafe quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgan yangi kulerni taqdim etdi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!