Galaxy S21 Ultra surati, uning Galaxy S21 hamda S21+ bilan o‘xshash va farqli jihatlari

  •   DiMaX
  •  1266
  •  22.10.2020 09:33

Galaxy S21 Ultra surati, uning Galaxy S21 hamda S21+ bilan o‘xshash va farqli jihatlari

Samsung kompaniyasi 2021 yilning dekabridayoq Galaxy S21 lineykasini taqdim etishi to‘g‘risida xabar bergan edik. Keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, uning namoyishi kelasi yilning yanvarida o‘tkaziladi. Biz smartfonning ilk sifatli suratlarini chiqarganmiz.

O‘QING: Galaxy S21'larda Samsung uzoq kutilgan selfi kamera yechimini qo‘llashi mumkin!

Bir qator prognozlari to‘g‘ri chiqqan tarmoq informatori – Ice Universe kuni kecha mazkur turkumning eng kuchli vakili – Samsung Galaxy S21 Ultra modelining suratini e’lon qildi. Bu «jonli» rasm emas, balki shu paytgacha tarqalgan insayderlik ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan render hisoblanadi:

Ice Universe bundan tashqari, yangi avlod Samsung smartfonlarining ekranlaridagi o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlari haqida ham ma’lumot bergan:

«Samsung Galaxy S21 (S30) turkumidagi uchta smartfon ham bir xil qalinlikdagi to‘rtta romga ega. Shu bilan birga, Galaxy S21 va Galaxy S21+ yassi ekranli, Samsung Galaxy S21 Ultra esa – yonlari qayrilgan displeyli bo‘ladi», deydi u.

O‘QING: Xiaomi va Samsung’dan keyin OnePlus ham Apple’ni kalaka qilyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.