Galaxy S21 Ultra yangi reytingda atigi 17-o‘rin bilan Samsung obro‘sini bir pul qildi!

  •   DiMaX
  •  1755
  •  02.03.2021 11:02

Galaxy S21 Ultra yangi reytingda atigi 17-o‘rin bilan Samsung obro‘sini bir pul qildi!

DxOMark laboratoriyasi bultur eng zo‘r Samsung flagmani – Galaxy S20 Ultra kamerasini tekshirib ko‘rishganida, u atigi 122 ball olgan. Keyinroq esa Galaxy S20+ smartfoni undan ham past – bor-yo‘g‘i 118 ballik natija ko‘rsatgan. Bulardan so‘ng esa...

O‘QING: Eng qimmat Samsung flagmani ham DxOMark reytingida uni sharmanda qildi – Xiaomi, Vivo, Honor, Huawei va Oppo smartfonlaridan pastda!

Buni qarangki, DxOMark mutaxassislari Samsung Galaxy S21 Ultra bosh kamerasini imtihon qilib ko‘rishdi va.. tarix yana bir bor takrorlandi! Ushbu superflagman fotosurat sifati bo‘yicha 128 ball, videotasvir sifatiga ko‘ra 98 ball va zum imkoniyatlari bo‘yicha 76 ball to‘play oldi, xolos.

Laboratoriya ekspertlari sinov uchun ushbu flagmanning Exynos 2100 protsessorli versiyasini tanlashgan. Eslatib o‘tamiz, biz avvalroq bosh kamerasidagi asosiy datchigi 108 megapiksellik aniqlikda bo‘lgan Galaxy S21 Ultra hamda atigi 12 megapiksellik iPhone 12 Pro Max kamera jangining videosini ulashganmiz. Bundan tashqari...

O‘QING: DxOMark eng kuchli Samsung va Apple flagmanlarining selfi-jangini o‘tkazdi

Shundy qilib, Samsung Galaxy S21 Ultra bosh kamera testida umumiy 121 ballik natijaga erishgan, xolos. Bu ko‘rsatkich bilan u DxoMark kamerofonlar reytingida bor-yo‘g‘i 17-o‘rinni egallay olgan. Quyidagi skrinshotda ushbu ro‘yxatning 11–20-pog‘onalaridan joy olgan smartfonlarni ko‘rishimiz mumkin:

Yuqorida modellar nomlaridan keyingi – ikkinchi ustunda smartfonlarning bosh kamera bo‘yicha, uchinchi ustunda esa selfi-kamera bo‘yicha olgan ballari aks etgan. To‘rtinchi va beshinchi ustunlarda esa qurilmalarning tegishlicha audio imkoniyatlariga hamda displeyiga qo‘yilgan baholar ko‘rsatilgan.

Ko‘rib turganingizdek, Galaxy S21 Ultra bosh kamera bo‘yicha hattoki kuchli o‘nlikka kirmagan Honor 30 Pro+, iPhone 11 Pro Max, Huawei Mate 30 Pro 5G, iPhone 12 mini, iPhone 12 hamda Honor V30 Pro modellaridan ham pastda. DxoMark mutaxassislari yaxshi kamerofon tanlamoqchi bo‘lganlarga bundan boshqa modellarga e’tibor qaratishni tavsiya etishgan.

O‘QING: 2020 yilning eng zo‘r to‘rtta kamerofoni (DxOMark reytingi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.