Galaxy S21’lar bilan chiquvchi flagman quloqchin: narxi va xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  900
  •  24.12.2020 18:03

Galaxy S21’lar bilan chiquvchi flagman quloqchin: narxi va xususiyatlari

Samsung kompaniyasi Galaxy S21, Galaxy S21 Plus hamda S21 Ultra flagmanlarini bulturgi modellar – tegishlicha Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra smartfonlaridan arzonroq sotmoqchi. Allaqason ularning Yevropadagi narxlari ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Tanlovda qatnashib, Galaxy A50 va boshqa sovrinlar yutib oling!

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy Unpacked 2021 tadbirida ushbu smartfonlar bilan birga Samsung Galaxy Buds Pro rusumli butkul simsiz quloqchinini ham namoyish etadi. 91mobiles nashri ularning texnik xususiyatlarini va hatto narxini ham e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ushbu flagman TWS-quloqchin 11 millimetrlik drayverlar bilan jihozlanmoqda. Mazkur model musiqani boshqarish uchun sensor panelga, faol (35 dB.gacha) shovqin to‘sish tizimiga hamda bir qurilmadan boshqasiga tezkor o‘tish imkonini beruvchi Dual Connection funksiyasiga ega. Galaxy Buds Pro korpusi IPX7 standartiga ko‘ra suv sachrashi va ter kirishidan himoyalangan.

Ushbu aksessuarning har bir pallasida 61 mA/soatlik akkumulyatorlar, g‘ilofida esa 472 mA/soatlik batareya qo‘llanmoqda. Shu tariqa, Galaxy Buds Pro bitta to‘la quvvat bilan 27 soatgacha ishlashi mumkin.

Narxiga keladigan bo‘lsak, Yevropada uning uchun 229 yevro miqdorida qiymat belgilashmoqchi. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, AirPods Pro hozir 269 yevrodan sotilmoqda.

O‘QING: 67 655 dollarlik quloqchin qimmatmi? 750 000 dollarligi chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.