Galaxy S21’lar hamda Mi 11 kushandasining taqdimot kuni ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  888
  •  17.02.2021 09:58

Galaxy S21’lar hamda Mi 11 kushandasining taqdimot kuni ma’lum bo‘ldi

Hozirda dunyo bo‘yicha eng zo‘r Android-smartfonlar Samsung kompaniyasining Galaxy S21 turkumi hamda Xiaomi Mi 11 bo‘lib turibdi. Biroq tez orada xitoylik texnogigant ularga javoban o‘zining yangi – Huawei P50 seriyasidagi flagmanlarini namoyish etadi.

O‘QING: Galaxy S21 hamda iPhone 12 benchmarkda o‘zaro «jang» qildi (video)

Huawei’ning ushbu seriyaga mansub oldingi avlod flagmanlar oilalarida eng arzoni – nomida «Lite» qo‘shimchali versiyasi bo‘lar edi. Teme nikli insayderning yozishicha, Huawei P50 turkumiga kelib kompaniya bu yondashuvni o‘zgartirmoqda. Endi flagmanlar seriyasida to‘rtta emas, balki uchtagina model bo‘ladi:

Ya’ni, standart nomdagi Huawei P50 smartfoni endi oldingi «yengil» flagmanlardagi kabi – pastroq xususiyatlarga ega bo‘ladi. Huawei P50 Pro modeli esa endi bazaviy flagman sifatida namoyish etiladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, flagmanlar turkumining eng ilg‘ori Huawei P50 Pro+ bo‘ladi.

O‘QING: Huawei rahbari raqiblar flagmanini dunyodagi eng zo‘r smartfon, deb e’lon qildi!

Twitter orqali e’lon qilingan postga javoban boshqalar insayderdan ushbu smartfonlarning qachon taqdim etilishini so‘rashgan. Teme esa Huawei P50 flagmanlarining debyuti shu yilning 26 martidan 28 martigacha oraliqda bo‘lib o‘tishini yozgan.

Lekin kalendarga qarasak, taqdimot sanasiga aniq kunigacha oydinlik kiritish mumkin. Ya’ni – 27 va 28 mart kunlari tegishlicha shanba va yakshanbaga to‘g‘ri keladi. Bu sanalar dam olish kunlari bo‘lgach, rasmiy namoyish 26 mart kuni o‘tkazilishi mantiqqa to‘g‘ri keladi.

Premera 26 martga belgilangani ham bejiz emas – Huawei P30 ham, Huawei P40 ham ayni shu sanada (tegishlicha 2019 va 2020 yillarda) taqdim etilgan. Huawei P50 flagmanlarini kompaniya o‘z grafik qobig‘ining yangi talqini – EMUI 11.1 bilan birga chiqaradi.

O‘QING: 2021 yil boshida o‘z narxiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi)