Galaxy S21'lar haqidagi ba’zi ma’lumotlar tasdiqlandi (+video)

Galaxy S21'lar haqidagi ba’zi ma’lumotlar tasdiqlandi (+video)

Samsung Galaxy S21 flagman lineykasi borasida sizdirilgan eng so‘nggi ma’lumot qurilmalarning xotira sig‘imi va rangi borasida bo‘ldi.

GSMArena'ning Winfuture.de saytiga tayanib ma’lumot berishicha, Germaniyadagi smartfon sotuvchi yirik do‘konlarga hozirdanoq yangi Galaxy S smartfonlari borasida, jumladan, qurilmalar xotira sig‘imi va rangi borasida ma’lumot berilmoqda.

Lineykaning eng kichik modeli — S21 smartfoni 128/256GB sig‘imli doimiy xotiraga ega bo‘lib, korpus rangi kulrang, oq, pushti va siyoharang ranglarda bo‘ladi.

S21+ ham 128/256GB xotirali bo‘lib, mijozlar uch xil: kumushrang, qora va siyohrang ranglardan birini tanlashlari mumkin bo‘ladi.

S21 Ultra esa 128/256/512GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Rang opsiyalari ikki xil: qora va kumushrang.

Shuningdek, S Pen borasida tarqalagan oldingi ma’lumotlar ham mana tasdiqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, S21 Ultra S Pen stilusini rostdan ham qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq, Galaxy Note flagmanlaridan farqli o‘laroq, stilus smartfonning o‘zi bilan birga bo‘lmasdan, Clear View va Silicone Cover himoya chexollariga joylanadi. S Pen ruchkasi chexol bilan birga sotiladi.

Smartfonlarning taqdimot kuni 14-yanvarda bo‘lishi, sotuvlar esa fevral oxiri yoki mart boshida boshlanishi kutilmoqda.

Hozirga qadar, smartfonlar ko‘rsatilgan qator videolar tarmoqda tarqalgan edi. Shulardan eng so‘nggisida Galaxy S21+ ishlatib ko‘rilgan:

Taqdimotga qadar, siz Galaxy S21 smartfonlarining sifatli renderlari bilan tanishishingiz, uchala model hajmini ko‘rsatuvchi «jonli» surat bilan tanishishingiz, uchala model uchun chiqarilgan rasmiy videoni ko‘rishingiz, Geekbench sinovi natijalari bilan tanishishingiz, smartfonlar narxini bilishingiz, flagmanlarni qulfdan chiqarishning kutilmagan usuli haqida o‘qishingiz va modellar haqidagi barcha asosiy ma’lumotlar bilan bitta sahifada tanishishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung flagmanlarini ijaraga oling

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!