Galaxy S21'lar savdosi qanday ketmoqda?

Galaxy S21'lar savdosi qanday ketmoqda?

Ilgariroq, Buyuk Britaniyada Galaxy S21 smartfonlarining oldindan buyurtmasi rekord darajada bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Buni qarangki, smartfonlar savdosi ham to‘rt yildan beri eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.

Janubiy Koreyadan xabar berishlaricha, Samsung'ning Galaxy S21 smartfonlari 590 ming dona sotilgan. Bu to‘rt yil oldingi Galaxy S8'dan (620 ming dona) keyingi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Birinchi oyda Galaxy S21'lar savdosi Galaxy S20'larnikidan ikki baravar ko‘p bo‘ldi.

Atlas Research & Consulting kompaniyasi tahlilchilarining hisobotiga ko‘ra, ushbu natijaga asosiy sabab kompaniyaning narxlarni oshirmagan holda smartfonlarda 5G aloqasini saqlab qolgani bo‘lgan.

Bundan tashqari, Samsung'ning o‘rta toifa Galaxy A31 smartfoni Janubiy Koreyada eng ko‘p sotilgan qurilma bo‘ldi. 2020-yilda arzon smartfonlarga bo‘lgan talab har qachongidan ham yuqori bo‘ldi, chunki pandemiya davrida mijozlar arzonroq qurilmalar sotib olishni afzal ko‘rishgan.

O‘QING: Yana bir hamyonbop Samsung smartfonining surati va xususiyatlarini Google «sotib qo‘ydi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!