Galaxy S21'lar «ta’mini tatib» ko‘ring!

Galaxy S21'lar «ta’mini tatib» ko‘ring!

Samsung'ning navbatdagi Galaxy S smartfonlari o‘z egalari qo‘liga yetib borguniga qadar hali bir oy vaqt bor.

Biroq unga qadar vaqtlararo sayohat qilib, S21'lar uchun tayyorlangan ekran tasvirlari (oboylar) ni yuklashingiz va Galaxy S21'lardan foydalanish qanaqa bo‘lishini oz bo‘lsa-da, his qilishingiz mumkin.

Ushbu oboylarni kutilmagan manba — musiqaga ixtisoslashgan Rydah sayti sizdirgan. Lekin kim sizdirgan bo‘lsa ham, ushbu jilovdor oboylar Galaxy S21 smartfonlariga o‘rnatilgan bo‘ladi.

Quyida barcha oboylar bilan tanishishingiz mumkin. Maqola so‘ngidagi havola orqali ularni to‘liq rezolyutsiyada, siqilmagan fayl holida yuklashingiz mumkin.

...

Oboylar avvalgi Galaxy S modellarinikidan tubdan farqlanadi. Suratlarni 106MB hajmli ZIP faylda yuklash uchun quyidagi tugmani bosing.

YUKLANG

Darvoqe, saytimizda siz Galaxy S21 smartfonlarining sifatli renderlari bilan tanishishingiz, uchala model hajmini ko‘rsatuvchi «jonli» suratni ko‘rishingiz, uchala model uchun chiqarilgan rasmiy videoni tomosha qilishingiz, Geekbench sinovi natijalari bilan tanishishingiz, smartfonlar narxini bilishingiz, flagmanlarni qulfdan chiqarishning kutilmagan usuli haqida o‘qishingiz va modellar haqidagi barcha asosiy ma’lumotlar bilan bitta sahifada xabardor bo‘lishingiz mumkin.

O‘QING: Exynos 2100 protsessorli Galaxy S21+ hamda S21 Ultra flagmanlarini Geekbench’da taqqoslab ko‘rsatishdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!