Galaxy S21'lar xotirasini kengaytirsa bo‘ladimi?

Galaxy S21'lar xotirasini kengaytirsa bo‘ladimi?

Samsung 14 yanvarda taqdim qilinajak Galaxy S21 flagmanlari qadog‘idan quvvatlagich va quloqchinlarni olib tashlagan bo‘lishi mumkin. Lekin, aftidan, olib tashlangan narsa faqat bu emas.

Bundan ikki hafta oldin Galaxy S21 va S21+ lar microSD karta slotiga ega bo‘lmasligi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Endi esa bu mish-mishlar rost ekani haqida Roland Quandt bu ma’lumotni tasdiqladi.

Quandt'ning aytishicha, faqatgina Yevropada sotiladigan Galaxy S21 Ultra'larda tashqi xotira kartasi bilan xotirani kengaytirish mumkin bo‘ladi. Boshqa mintaqalar uchun chiqarilgan S21 Ultra'larda ham shunday bo‘ladimi-yo‘qmi — bunisi hozircha noma’lum.

Shuningdek, S21 Ultra'ning 512GB doimiy xotiraga ega talqini 16GB tezkor xotiraga ega bo‘lishi ham ma’lum bo‘ldi. 256GBlik versiya esa 12GB operativ xotiraga ega bo‘ladi. Yevropada Galaxy S21 850 yevro, S21+ 1,049 yevro hamda S21 Ultra esa 1,400 yevrodan sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Darvoqe saytimizda siz Galaxy S21 smartfonlarining sifatli renderlari bilan tanishishingiz, uchala model hajmini ko‘rsatuvchi «jonli» suratni ko‘rishingiz, uchala model uchun chiqarilgan rasmiy videoni tomosha qilishingiz, Geekbench sinovi natijalari bilan tanishishingiz, smartfonlar narxini bilishingiz, flagmanlarni qulfdan chiqarishning kutilmagan usuli haqida o‘qishingiz va modellar haqidagi barcha asosiy ma’lumotlar bilan bitta sahifada xabardor bo‘lishingiz mumkin.

O‘QING: 2021 yilda Samsung'dan kutayotgan 5 narsamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.