Galaxy S21'larda Samsung uzoq kutilgan selfi kamera yechimini qo‘llashi mumkin!

Galaxy S21'larda Samsung uzoq kutilgan selfi kamera yechimini qo‘llashi mumkin!

Ekranosti old kameralarining taqdiri hali ham so‘roq ostida qolmoqda. Bir tomondan, turli prototiplar ko‘rmoqdamiz, «ana chiqdi, mana chiqdi», degan mish-mishlarni uchratyapmiz, boshqa tomondan esa ayrim kompaniyalar bu texnologiya hali «xom» va paydo bo‘lganicha yo‘q, demoqda.

Ammo manbalardan birining xabar berishicha, koreys giganti ushbu ekranosti kameralari yechimini tez orada o‘z smartfonlariga joriy qilmoqda.Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, oxirgi ikki yildirki, Samsung o‘z innovatsiyalarining katta qismini birinchi bo‘lib Galaxy A lineykasining o‘rta byudjetli smartfonlariga, keyin esa flagmanlarga joriy qilib kelmoqda. Albattaki, bu barcha yangi texnologiyalarga taalluqli emas: ekranosti selfi kameralar birinchi bo‘lib flagman Galaxy S21-larga o‘rnatilishi aytilmoqda.

Nima bo‘lgan-da ham, ko‘pi bilan bir yilda ekranosti old kameralari bilan jihozlangan smartfonlarni qarshi olishimiz mumkin. Shu bilan ekranlardagi tirqishlardan va turli sizib chiquvchi modullardan xalos bo‘lamiz.

O‘QING: Geekbench hali chiqmagan SD865+ protsessorli Galaxy Note 20+ 5G’ni taqdimotdan avval fosh etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!