Galaxy S21'larning oldindan buyurtmasi rekord darajada bo‘ldi

Galaxy S21'larning oldindan buyurtmasi rekord darajada bo‘ldi

Samsung'ning Britaniyadagi ofisi ma’lum qilishicha, Galaxy S21 seriyasi smartfonlariga kelib tushgan oldindan buyurtmalar rekord darajada bo‘ldi.

Yangi flagmanlarning buyurtmasi Galaxy S20 va Galaxy S10 seriyasinikidan ham ko‘proq bo‘lgan. Garchand aynan qancha miqdorda buyurtma qabul qilingani haqida aniq statistika keltirilmagan bo‘lsa-da, smartfonlar orasida eng ko‘p buyurtma olgani Galaxy S21 Ultra bo‘ldi. Ushbu model hissasi sotuvlarning yarmidan ko‘piga to‘g‘ri keldi.

Eslatib o‘tamiz, smartfonlar taqdim qilinganiga deyarli bir oy bo‘lmoqda, ko‘plab bozorlardagi sotuvlar 29 yanvardan boshlangan.

Terabayt.uz sayti ham Galaxy S21 Ultra smartfoni tavsifini e’lon qilib bormoqda. U bilan tanishish uchun bu yerga bosing.

O‘QING: Redmi K40 flagmanlari nafaqat Mi 11, kerak bo‘lsa Galaxy S21 Ultra bilan bellasha oladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.