Galaxy S21’ning ilk sifatli suratlari internetga chiqdi

  •   DiMaX
  •  2078
  •  19.10.2020 17:03

Galaxy S21’ning ilk sifatli suratlari internetga chiqdi

Samsung kompaniyasi 2021 yilning dekabridayoq Galaxy S21 lineykasini taqdim etishi to‘g‘risida xabar bergan edik. Keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, uning namoyishi kelasi yilning yanvarida o‘tkaziladi. Shu sababli internetda yangi modelga oid ma’umotlar paydo bo‘lmoqda, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: Narxi 130 dollarga ham bormaydigan Samsung Galaxy A02 hamda Galaxy M02 tayyor!

Ta’kidlanishicha, bu lineykadagi eng kichik model bo‘lib, uning ekrani diagonali 6,2 dyuymga teng. O‘lchamlari esa 151,7 x 71,2 x 7,9 millimetr. Suratlardan ko‘rish mumkinki, qurilmaning orqa tomoni hozirgi flagmanlarnikidan farq qiladi.

Yangi qurilmaning asosiy o‘ziga xosligi — asosiy kamera modulining joylashuvi — ular yon va yuqori tomonga «suzib chiqqan».

Taxminlarga ko‘ra, bu kabi dizayndan lineykadagi boshqa modellarda ham foydalaniladi: Galaxy S21+ va Galaxy S21 Ultra.

O‘QING: iPhone 12 tufayli Xiaomi va Samsung kompaniyalari Apple’ni masxara qildi (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!