Galaxy S22 FE kutib ovora bo'lmang!

Galaxy S22 FE kutib ovora bo'lmang!

2020-yilning sentabrida Samsung o'zining hamyonbop Galaxy A va flagman Galaxy S seriyasidagi smartfonlari o'rtasiga yangi Galaxy "Fan Edition" seriyasini qo'shdi va Galaxy S20 FE taqdim qilindi. O'shanda Janubiy Koreya kompaniyasi har yili shu qatorda ham telefon chiqarishini ma'lum qilgan edi. Ammo, navbatdagi FE, ya'ni Galaxy S21 FE esa oradan to'liq bir yil va yana bir necha oy vaqt o'tib, 2022-yilning yanvarida chiqarildi. Ha, u biroz kechikdi. Biroq, navbatdagi Galaxy FE variatidagi smartfon kechikish uyoqda tursin, umuman chiqarilmasligi mumkinligi haqida xabar qilinmoqda.

SamMobile nashri o'zining bir nechta manbalariga asoslanib xabar berishicha, Samsung kompaniyasi FE brendi ostida nafaqat Galaxy S22, balki, bu qatorda ortiq smartfon chiqarmasligi mumkin. Ma'lum bo'lishicha, Galaxy S22 FE smartfoni SM-S900 model raqami ostida bo'lishi kerak edi, ammo, bunday qurilma hozirda mavjud emas. Bundan tashqari agar kompaniya yangi avlod FE modeli ustida ishlayotgan bo'lganida, u haqida biron mish-mishlar bo'lishi kerak edi, lekin shu paytgacha hech qanday Galaxy S22 FE haqida ma'lumotlar tarqatilmadi. Hatto, Galaxy S21 FE'ning rasmiy renderlari o'tgan yilning shu oyida, iyunda, Internetga sizdirilgan edi.

Avval boshdan Samsung o'zining Galaxy S21 FE modeli omma e'tiboriga tushishini istamadi shekilli, kompaniya yangi FE smartfonini Galaxy S22 flagmanlari taqdimotidan atigi bir hafta oldin taqdim qildi va tabiiyki, S21 FE yangi S22 modellari fonida e'tibordan chetda qolib ketdi.

Galaxy S20 FE esa juda qimmat narxda chiqarilgan Galaxy S20 seriyasining bozori yaxshi yurmaganligi sabab, uning "orqasini yopish" uchun chiqarilgan va u sezilarli darajada ko'p sotilishi bilan o'z vazifasini juda yaxshi bajargan edi.

Umuman olganda, bugungi kunda Samsung flagmanlari texnik xususiyatlariga mos narxdagi bazaviy model bo'lib, ularning arzon narx haqidagi bo'shlig'ini Galaxy A qatori to'ldiradi va bu orada Galaxy FE unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Shunday ekan agar Galaxy S22 FE chiqarilishi kutayotgan bo'lsangiz, kutmang.

O'QING: Galaxy Z Fold4 smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!