Galaxy S22 FE renderlari

Galaxy S22 FE renderlari

Samsung o'zining Galaxy S20 FE smartfonini taqdim qilganida u yaxshigina muvaffaqiyatga erishdi va kompaniya uning davomchisi, Galaxy S21 FE modelini shu yilning boshida chiqardi. Hozirda yangi smartfon sotuvlari yomon emas va endi undan keyingi navbat Galaxy S22 FE'ga keladi.

Muallif: HoiINDI

Ijtimoiy tarmoqlarda HoiINDI taxallusli konsept dizayner tomonidan yaratilgan Galaxy S22 FE renderlari tarqatildi. Suratlardan ko'rish mumkinki, smartfon nafis va biroz ingichkaroq dizaynda bo'lib, uning kamera dizayn bugungi kundagi S22'nikidan biroz farq qiladi.

Muallif: HoiINDI

Biroq, mish-mishlarga ko'ra Samsung yangi avlod FE smartfonini chiqarmasligi ham mumkin. Ma'lum bo'lishicha, hozirda S22 FE uchun hech qanday dasturiy ta'minot ishlab chiqarilmayapti va u ishlab chiqaruvchi jamoa qurilma ustida ishlayotgani haqida hech qanday ma'lumot yo'q. Bu xuddi Galaxy Note 21 bilan sodir bo'lgan voqeaga o'xshaydi, chunki o'shanda ham bu smartfon haqida hech qanday ma'lumot mavjud bo'lmagan.

Balki hozir xulosa qilish uchun biroz erta bo'lishi ham mumkin, shunday ekan kompaniyaning rasmiy xabarini kutgan ma'qul.

O'QING: Galaxy Z Flip4 batareya hajmi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!