Galaxy S22 modeli 25 vatt, S22+ hamda S22 Ultra modellari esa 45 vattda quvvat oladi

Galaxy S22 modeli 25 vatt, S22+ hamda S22 Ultra modellari esa 45 vattda quvvat oladi

Avvalgi ma’lumotlardan ma’lumki, Galaxy S22 modeli 25 vatt, S22+ hamda S22 Ultra modellari esa 45 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘ladi. 

Xitoydagi 3C sertifikatlash jarayonida S22 (SM-S9010), S22+ (SM-S9060) va S22 Ultra (SM-S9080) modellari 25 vatt quvvatlash texnologiyasi bilan sertifikatlandi. 

Daniyadagi DEMKO sertifikatlash jarayonida esa S22+ va S22 Ultra modellari 45 vatt quvvatlash texnologiyasi bilan sertifikatlandi. 

Bundan ko‘rinib turibdiki, S22+ (SM/S906E/DS, SM-906E, SM-S9060) va S22 Ultra (SM/S906E/DS, SM-906E, SM-S9060) modellari turli xududlarda turlicha kuchlanishda quvvat oladi. S22 (SM-S901E/DS, SM-901E, SM-S9010, SC-51C, SCG13) modeli esa barcha hududlarda 25 vatt bilan cheklanadi. 

Sertifikatlash jarayoni qurilmalarning akkumulyatorlari haqida hech qanday ma’lumotni oshkor qilmadi. Avvalgi ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, Galaxy S22 modeli 3,700 mAs, S22+ hamda S22 Ultra modellari esa 4,500 va 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. 

Galaxy S22 seriyasi Tab S8 planshetlari bilan 9-fevralda bo‘lib o‘tadigan Galaxy Unpacked tadbirda taqdim etiladi. 

O‘QING: Samsung Galaxy S22 seriyasi qaysi sanada taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.