Galaxy S22 qanchalik mustahkam?

Galaxy S22 qanchalik mustahkam?

Taqdim etilganidan ko‘p vaqt o‘tmay Galaxy S22 modeli mustahkamlik testidan o‘tkazildi. Ushbu jarayon PBKreviews YouTube kanali ijodkorlari tomonidan o‘tkazildi. 

Dastavval smartfon bir daqiqa davomida suvda tekshirib ko‘rildi. Keyinchalik esa tig‘li maxsus asboblar bilan ekran ustidagi shisha tirnab ko‘rildi. 

Mohs qattiqlik shkalasi bo‘yicha sakkizinchi darajada chuqur tirnalishlar kuzatildi. Garchi S22 modeli yangi Corning Gorilla Glass Victus+ shishasi bilan himoyalangan bo‘lsa-da, sakkizinchi darajada boshqa shishalar kabi unig yuzasida ham qirilishlar paydo bo‘ldi. 

Orqa panel ham Gorilla Glass Victus+ shishasi bilan himoyalangan. Uning yuzasida ham sakkizinchi darajadan keyin tirnalishlar paydo bo‘ldi. 

Qurilmaning romlari, SIM-karta sloti, ovozni boshqarish tugmalari hamda kamera moduli alyuminiydan ishlangan. Smartfon bukib ko‘rilganda unga hech qanday zarar yetmadi. Bu bo‘yicha S22 smartfoni 10/10 natijasini qayd etdi. 

So‘nggi qismda smartfonni qismlarga ajratish jarayoni amalga oshirildi. Orqa panel qurilma romiga maxsus yopishqoq yelim bilan yopishtirilgan. Simsiz zaryad olish moslamasi hamda NFC antennasini olish uchun 19ta vintni bo‘shatishga to‘g‘ri keldi. 

Akkumulyatorning moslashuvchan kabellari olib tashlangandan so‘ng qurilma ichidan chipset va kamera moduli joylashgan platani olib chiqish imkoni paydo bo‘ldi. 

Kamera ko‘zdan kechirilganda uchala sensor ham OIS bilan jihozlangani ma’lum bo‘ldi. Kameradan keyin smartfonning yuqori va pastki qismda joylashgan dinamiklari chiqarib olindi. 

Ekranni almashtirish uchun dastavval qurilamaning asosiy qismlarini chiqarib olish kerak bo‘ladi. Keyin esa ekran atrofidagi yelimni eritgan holda ekran korpusdan chiqarib olinadi.

O‘QING: Galaxy S22 va S22+ smartfonlari taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.