Galaxy S22 seriyasi yangi avlod Gorilla Glass shishasi bilan jihozlanadi

Galaxy S22 seriyasi yangi avlod Gorilla Glass shishasi bilan jihozlanadi

Corning kompaniyasi Gorilla Glass Victus shishasini taqdim etganiga bir yarim yildan oshdi. Shundan beri smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘zlarining flagman smartfonlarini ushbu shisha bilan jihozlab kelmoqda. 

O‘QING: Ommabop Galaxy smartfoni barqaror One UI 4 grafik qobig‘iga o‘tmoqda 

Corning esa ushbu shishaning takomillashgan yangi avlodini ishlab chiqaradi. Yangi shisha nomi Gorilla Glass Victus+ bo‘lib, Galaxy S22 seriyasi birinchi bo‘lib ushbu shisha bilan jihozlanadi. Bu haqida Ice Universe insayderi xabar bermoqda. 

Katta ehtimol bilan smartfonlarning old paneli yangi Gorilla Glass Victus+ shishasi bilan himoyalanadi. Hozircha orqa panel yangi shisha bilan qoplanishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

Avvalroq, barcha S22 modellarining orqa paneli shisha bilan qoplanishi aytilgan edi. Agar smartfonlar eski Gorilla Glass Victus shishasi bilan qoplansa ham, bu S22 va S22+ qurilmalari uchun yaxshi holat. Chunki o‘tgan yilgi S21 va S21+ smartfonlarining orqa paneli plastik bilan qoplangan, faqatgina S21 Ultra'ning ikkala tomoni Gorilla Glass Victus bilan himoyalangan edi. 

Shuningdek, ayrim manbalarda Galaxy S22 Ultra modelining orqa paneli Corning tomonidan ishlab chiqarilgan maxsus Super Clear Glass shishasiga ega bo‘lishi aytilmoqda. 

S22 seriyasidagi smartfonlarning ba’zi ranglari matoviy qoplamaga ega bo‘ladi. S22 va S22+ modellari Pink Gold, Green, Black va White, S22 Ultra esa Burgundy, Green, Black va White ranglarda taqdim etiladi. 

Samsung hozircha smartfonlarning qachon rasman taqdim etilishi haqida ma’lumot bergani yo‘q. Agar mish-mishlarga tayanadigan bo‘lsak, S22 seriyasi 8-fevral sanasida taqdim etiladi. 

O‘QING: Galaxy A seriyasiga ham barqaror One UI 4 grafik qobig‘i kelishni boshladi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!