Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarning fon rasmlari e’lon qilindi

Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarning fon rasmlari e’lon qilindi

Galaxy S22 seriyasi kelasi yilning boshida taqdim etiladi. Shu kungacha smartfonlarning renderlari hamda jonli suratlari taqdim etildi. Shuningdek, uchala modelning barcha texnik jihatlari ham ma’lum bo‘ldi. 

Kecha yangi S22 smartfonlariga oid yana bir yangilik paydo bo‘ldi. Bu safar smarfonning texnik jihatlari yoki renderlari emas, balki ularning fon rasmlari e’lon qilindi. 

Fon rasmlar juda erta taqdim etilganiga qaramay, to‘rtala fonning rezolyusiyasi yuqori darajada. Ularni ko‘chirib olib, o‘z smartfoningizga o‘rnatishingiz mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu fon rasmlar Android Police tomonidan e’lon qilindi. 

O‘QING: Galaxy S22 va S22+ smartfonlari kamerasining to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi