Galaxy S22+ smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi

Galaxy S22+ smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi

Snapdragon 898 chipiga ega bo‘lgan yana bir smartfon GeekBench'da test topshirdi. Model raqami SM-S906U bo‘lgan smartfon bu - Galaxy S22+'ning AQSh bozori uchun ishlab chiqarilgan versiyasi hisoblanadi. 

Yakuniy test natijalariga ko‘ra, smartfon bir yadroli testda 1163 ball, ko‘p yadroli testda esa 2728 ballni qo‘lga kiritdi. Biroq ushbu natija hali taqdim etilmagan apparat ta’minoti hamda dasturiy ta’minotda o‘tkazilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qualcomm yangi Snapdragon 898 chipini 30-noyabr sanasida taqdim etadi. 

Avvalroq, Exynos 2200 chipi bilan jihozlangan Galaxy S22+ GeekBench'da testdan o‘tgan edi. Biroq qurilmaning quvvatni tejash rejimi yoniq bo‘lganligi sabab smartfon yaxshi natija qayd etmagan edi. Ikkila versiyadagi smartfoni 8GB tezkor xotiraga ega hamda Android 12 operatsion tizimida ishlaydi. 

Shuningdek, SM-S901U model raqamiga ega bo‘lgan Galaxy S22 ham GeekBench'da testdan o‘tdi. Biroq negadir u juda past natijani qayd etdi. Shuni ta’kidlash kerakki, yangi chip ARMv9 arxitekturasiga asoslangan. Shu sababli dasturiy ta’minot hali ushbu arxitekturaga asoslangan chipga to‘liq moslashmagan bo‘lishi mumkin. 

O‘QING: Galaxy S21 FE GeekBench'da testdan o‘tdi