Galaxy S22 smartfonining korpusida o‘zgarish bo‘ladi

Galaxy S22 smartfonining korpusida o‘zgarish bo‘ladi

Samsung bu yilgi Galaxy S21 qurilmasining orqa panelini shishaga o‘xshash plastik bilan qoplagan edi. Bir tomondan ushbu plastik shishaga qaraganda mustahkamroq bo‘lib chiqqan, biroq ikkinchi tomondan, plastikdan smartfonlarning narxini arzonlashtirish maqsadida foydalaniladi. 

Ko‘pchilikka ma’lumki, shisha plastikdan farqli o‘laroq smartfonning premium toifaga mansubligini ko‘rsatib turadi. 

Ice Universe insayderi o‘zining Twitter sahifasida Galaxy S22'ning orqa paneli shisha bilan qoplanishi haqida ma’lumot bermoqda. 

Endi Galaxy S22 ham seriyadagi boshqa smartfonlar kabi shisha qoplamga ega bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, bu yilgi Galaxy S21'ning orqa paneli plastik bilan, S21+ hamda S21 Ultra esa shisha shisha bilan qoplangan edi. 

O‘QING: Galaxy S22 Ultra yangicha rangda taqdim etiladi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!