Galaxy S22 Ultra - eng ko'p sotilgan Galaxy Note smartfoni

Galaxy S22 Ultra - eng ko'p sotilgan Galaxy Note smartfoni

Samsung kompaniyasining Galaxy S22 Ultra flagmani tez orada eng ko'p sotilgan Galaxy Note smartfoni bo'lishi mumkin. To'g'ri, texnik jihatdan Galaxy S22 Ultra smartfoni Note deb atalmaydi, lekin u ham o'tgan yilgi Galaxy S21 Ultra, ham ikki yil oldingi Galaxy Note 20 Ultra davomchisi hisoblanadi. Shuningdek, smartfon Note modellaridagi kabi dizaynda bo'lib, u S Pen stilusiga ham ega.

Ko'pchilik odamlar Galaxy Note liniyasining olib tashlanishiga negativ fikrlar bildirishdi, biroq, qatorning S seriyasiga qo'shilishi o'z samarasini berayotganga o'xshaydi. So'nggi xabarlarga ko'ra, Galaxy S22 Ultra o'zining birinchi yilida 10,9 million dona sotilishi mumkin.

Taqqoshlash uchun, ikki xil variantda chiqarilgan Galaxy Note 20 seriyasi atigi 7.5 million dona sotilgan edi. Note 10 seriyasi esa 9.5 million dona, Note 9 seriyasi esa 9.6 million dona sotilgan edi. Hozirda Galaxy Note smartfonlari "qiroli" besh yil avval chiqarilgan Galaxy Note 8 bo'lib qolmoqda - u 10.3 millionta atrofida sotilgan. Lekin Galaxy S22 Ultra sotuv jarayoni hali davom etar ekan, u rekordni yangilashi mumkin.

O'QING: Samsung Galaxy M53'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz