Galaxy S22 Ultra bilan suratga olingan film treylerini chiqarildi

Galaxy S22 Ultra bilan suratga olingan film treylerini chiqarildi

Sir emaski, Apple kompaniyasi bir necha yillardan beri o'zining smartfonlari kamerasi nimalarga qodir ekanligini ko'rsatish uchun taniqli kino ijodkorlari bilan qisqa metrajli filmlar yaratishda hamkorlik qilib keladi. 2021-yilda esa Samsung ham bu "o'yin"ga qo'shildi va Britaniyalik rejissiyor Jo Rayt bilan birgalikda Galaxy S21 Ultra orqali suratga olingan "Princess & Peppernose" qisqa metrajli filmini chiqardi. Kompaniya bu bilan to'xtab qolganicha yo'q. Ma'lum bo'lishicha, Samsung o'tgan yili Oskar mukofoti sovrindori, Charli Kaufman bilan birgalikda Galaxy S22 Ultra smartfonida yana bir qisqa metrajli film suratga olgan.

Samsung o'zining rasmiy YouTube sahifasiga "Jackals & Fireflies" deb nomlanuvchi yangi qisqa metrajli film treylerini joyladi. Aytish kerakki, u to'liq Galaxy S22 Ultra orqali suratga olingan va agar siz buni treylerni ko'rish davomida sezmagan bo'lsangiz, unda hech qachon film smartfon yordamida yozib olinganligini bilmagan bo'lar edingiz.

Ma'lumot uchun, Jackals & Fireflies qisqa metrajli filmi hayotida o'zgarishlarni boshdan kechirayotgan ayol haqida bo'lib, treylerda siz uni turli sahnalarda, pianino musiqasi fonida bir odam haqida gapirayotganini ko'rishingiz mumkin.

Hozircha filmning chiqarilish sanasi aniq emas, lekin tahminlarga ko'ra, Samsung uni Galaxy S23 taqdimoti davomida namoyish qilishi mumkin.

O'QING: Qanday qilib yashirin kameralarni smartfon yordamida topish mumkin?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!