Galaxy S22 Ultra borasida Samsung muxlislarining orzusi armonga aylandi

  •   DiMaX
  •  3602
  •  08.07.2021 10:19

Galaxy S22 Ultra borasida Samsung muxlislarining orzusi armonga aylandi

Samsung kompaniyasining 2022 yildagi eng ilg‘or smartfonlar turkumiga ham uchta model kirishi kutilmoqda: standart Galaxy S22, yanada ilg‘or Galaxy S22 Plus hamda eng kuchli Galaxy S22 Ultra. Internetda ularning texnik xususiyatlariga doir turli ma’lumotlar tarqalishda davom etmoqda.

O‘QING: Galaxy S22’lar haqidagi bu ma’lumotlar Samsung fanatlarini xursand qilmaydi

Mazkur kompaniya ishqibozlari Samsung Galaxy S22 Ultra modelining bosh kamerasida asosiy sensor 200 megapiksellik bo‘lishi haqidagi mish-mishlardan xursand edilar. Biroq kuni kecha Ice Universe nikli nufuzli insayder bu quvonchni chippakka chiqardi.

Tarmoq informatorining yozishicha, Galaxy S22 Ultra modeli uchinchi avlod 108 megapiksellik optik datchikka ega bo‘ladi. Katta ehtimol bilan, bu – Galaxy S21 Ultra flagmanida qo‘llangan o‘sha ISOCELL HM3 sensori bo‘lsa kerak.

Shunga qaramay, deb yozadi Ice Universe, bir qator texnik takomillashtiruvlar tufayli Galaxy S22 Ultra yanada yuksak sifatli foto va videolar olishga qodir bo‘ladi. Yangi platformaga (Exynos 2200 yoki Snapdragon 895 bo‘lishidan qat’i nazar) o‘tish mazkur smartfonni tasvirlarga ishlov berishning ilg‘or algoritmlari bilan boyitadi.

Aftidan, mazkur flagmanning bosh kamerasidagi qo‘shimcha datchiklar yuqoriroq aniqlikda bo‘ladi. Shuningdek, unda mutlaqo yangi Olympus optikasi qo‘llanishi haqida ham mish-mishlar yuribdi. Lekin umuman olganda, Galaxy S21 Ultra kamerasi revolyusion emas, balki evolyusion o‘zgarishlar bilan chiqadi.

O‘QING: Android-smartfon kamerasidan 100 foiz foydalanishning 10 ta usuli

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!