Galaxy S22 Ultra boshqa nom ostida taqdim etilishi mumkin

Galaxy S22 Ultra boshqa nom ostida taqdim etilishi mumkin

Galaxy S22 Ultra modeli Note seriyasidagi smartfonlar kabi dizayn hamda S-Pen'ga ega bo‘ladi. Bu esa qurilmani Note smartfoniga o‘xshab qolishiga sabab bo‘ladi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yangi S22 Ultra nafaqat stilus balki Note seriyasining nomini ham oladi. Shunday qilib, ushbu smartfon edi Galaxy S22 Note deb ataladi.

Bu haqida Twitter platformasidagi @FrontTron nomiga ega bo‘lgan foydalanuvchi xabar bermoqda. Avval ham ushbu foydalanuvchi Galaxy smartfonlariga oid ma’lumotni ochiqlangan va bu ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lib chiqqan edi. 

S va Note so‘zlari bitta modelning nomida bo‘lishi biroz g‘alati tuyuladi, biroq pandemiya sababli yuzaga kelgan ta’minot zanjiridagi muammolar bundanda ajablanarli holatlarni keltirib chiqardi. 

O‘QING: Galaxy S21 FE'ning to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi