Galaxy S22 Ultra haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Galaxy S22 Ultra haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Birinchi tarqalgan mish-mishlarda Galaxy S22 Ultra smartfoni Olympus kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 200MP kameraga ega bo‘lishi aytilgan edi. Biroq ushbu mish-mishlar to‘g‘ri bo‘lib chiqmadi. Keyinchalik smartfon 108MP asosiy kamera bilan jihozlanishi hamda uning zum imkoniyatlari yaxshilanishi haqida ma’lumotlar tarqaldi. 

O‘QING: Galaxy S22 Ultra'ning yangilangan renderlari chiqdi 

Endi esa qurilma kameralarining to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi. IceUniverse ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy S22 Ultra smartfoni 0,8 mikron pikselli va f/1,8 diafragmadagi 108MP asosiy kamera bilan jihozlanadi. Bu Galaxy S21 Ultra'ga o‘rnatilgan ISOCELL HM3 sensorining yangilangan versiyasi bo‘ladi. 

Shuningdek, yangi flagman Sony kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 1,4 mikron piksel va f/2,2 diafragmadagi 12MP ultrakeng kameraga ega bo‘ladi. 

Bundan tashqari, qurilmaga Sony'ning ikkita telefoto kameralari ham o‘rnatilgan. Ushbu kameralarning biri 3x optik zum, ikkinchisi esa 10x optik zumni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Agar bu ma’lumot to‘g‘ri bo‘lsa, Galaxy S21 Ultra bilan taqqoslaganda S22 Ultra'ning kamera apparat ta’minotida hech qanday o‘zgartirish bo‘lmaydi. Dasturiy ta’minot hamda suratga olish algoritmini takomillashtirish orqali kameraning imkoniyatlari yaxshilanadi.

O‘QING: Galaxy S22'ning akkumulyator sig‘imi qancha bo‘lishi aniq bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!