Galaxy S22 Ultra jonli suratlarda

Galaxy S22 Ultra jonli suratlarda

Borgan sari 2021 yilning oxiriga yaqinlashib bormoqdamiz, bu davrda 2022 yilning boshida taqdim etiladigan qurilmalarga oid ko‘plab mish-mishlar tarqaladi. 

O‘QING: Samsung Galaxy A13 smartfoni 50MP asosiy kameraga ega bo‘ladi 

Odatdagidek, Samsung yanvar oyi oxiri/fevral oyi boshida o‘zining eng so‘nggi Galaxy S-seriyadagi smartfonlarni taqdim etadi. Kompaniya hozirda Galaxy S22 seriyasini ishlab chiqarishni boshlab yuborgan. FrontPageTech esa S22  Ultra'ning jonli suratlarini e’lon qildi. 

Suratlardan smartfonning so‘nggi renderlari to‘g‘ri bo‘lib chiqqanini ko‘rish mumkin. Qurilma qayrilma displeyga ega, shuningdek, displey yuqori qismining o‘rtasida yumaloq tirqishli selfi kamera joylashgan. Orqa panel esa matoviy qoplam bilan o‘ralgan. 

Yana bir asosiy yangiliklardan biri bu - smartfon korpusida S-Pen uchun uya bo‘ladi. Bu esa S22 Ultra smartfonni Note seriyaning yangi avlodi bo‘lishiga ishora hisoblanadi. 

Kamera imkoniyatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, qurilma 108MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera, 10MP 3x telefoto kamera hamda 10MP 10x telefoto kamera bilan jihozlanadi. 

O‘QING: Galaxy A33 5G haqidagi ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!