Galaxy S22 Ultra tirnash va bukish testida o‘z mustahkamligini ko‘rsata oldi (+video)

Galaxy S22 Ultra tirnash va bukish testida o‘z mustahkamligini ko‘rsata oldi (+video)

Bir necha kun oldin JerryRigEverything YouTube kanali muallifi Galaxy S22 Ultra smartfonini o‘zining “qiynoqli“ testidan o‘tkazdi. 

Dastavval smartfon tig‘li moslama bilan tirnab ko‘rildi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu yilgi S22 modellari ikkala tomondan ham yangi Gorilla Glass Victus+ shishasi bilan himoyalangan. Biroq avval ham test qilingan smartfonlar kabi S22 Ultra ekranining shishasida Mohs qattiqlik shkalasining 6-darajasida qirlishlar paydo bo‘lidi. 7-darajaga o‘tilganda esa yanada chuqurroq tirnalishlar kuzatildi. 

Smartfon ramkalari hamda S Pen stilusining tugmalari va uchi metaldan ishlangan. Stilusining ichki qismini ko‘rish uchun muallif uni o‘rtasidan sindirdi. Avvalgi modellarning stilusi kabi yangi S Pen ham suvdan himoyalangan hamda Bluetooth funksiyalari uchun qayta zaryadlanuvchi kondansatkichga ega. 

Matoviy Phantom Black orqa panel tig‘ bilan tirnab ko‘rilganda unda hech qanday izlar qolmadi. Kamera linzalari mustahkam shishadan ishlangan. Kameralar atrofidagi himoya halqalar ham mustahkam metaldan tayyorlangan. 

Displey olov bilan qizdirib ko‘rilganda unda bilinar-bilinmas kichik dog‘ paydo bo‘ldi. Ekranning barmoq izi skaneri joylashgan yeri tirnab ko‘rilganda ham u ishlashni davom etdi. 

So‘nngi qismda smartfon muallif tomonidan egib ko‘rildi. Bir necha bor egib ko‘rilganiga qaramay S22 Ultra o‘z mustahkamligini ko‘rsata oldi. Avvalroq OnePlus 10 Pro modeli ushbu jarayonda o‘rtasidan bo‘linib ketgan edi. 

O‘QING: Test jarayonida OnePlus 10 Pro ikkiga bo‘linib ketdi (+video) 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!