Galaxy S22 Ultra uchun arzirli raqib chiqarildi!

Galaxy S22 Ultra uchun arzirli raqib chiqarildi!

Bir necha oylik mish-mishlar va ma'lumotlar tarqatilishlaridan keyin ZTE vanihoyat o'zining Axon 40 seriyasidagi smartfonlarini taqdim qildi. Ushbu qator ZTE Axon 40 Pro va ZTE Axon 40 Ultra modellarini o'z ichiga oladi. Ulardan biri kompaniyaning uchinchi avlod ekran osti kamerasiga ega flagmani bo'lib, u bu yil Ultra nomi ostida chiqarilgan, ya'ni ZTE Axon 40 Ultra, undan oldingilari esa oddiy Axon 30 5G, Axon 20 5G deb nomlangan edi.

Og'irligi 204 gramm bo'lgan, 8.4 mm qalinlikdagi ZTE Axon 40 Ultra bo'yiga 163.2 mm, eniga 73.5 mm bo'lib, uning hech qanday teshik-tirqishlarsiz, to'liq ekran bilan yon tomonlari biroz qayrilgan chiroyli dizayni odamni o'ziga mahliyo qiladi. Ekrani haqida gapiradigan bo'lsak, smartfon 6.8 dyuymli, AMOLED, 120Hz yangilanishga ega va 2480 x 1116 piksel bilan FHD+ displey bilan ta'minlangan. Ekran ostida nafaqat 16 MP sensorli selfi kamera, balki barmoq izini aniqlash texnologiyasi ham joylashgan. 

ZTE Axon 40 Ultra bir emas, uchta asosiy kameraga ega va ularning uchchovi ham 64 megapiksellik Sony IMX787 sensoriga ega. Asosiy, ultra-keng-burchakli va periskop telefoto modullarning uchchalasi ham 8K tiniqligi video yozish qobiliyatiga ega. Shuningdek, kameralar yonida fokus qilishga yordam beradigan 3D ToF sensori va miltillovchi sensor ham mavjud.

Kapot ostida Snapdragon 8 Gen 1 chipi ta'minlangan Axon 40 Ultra flagmani 8/12/16GB operativ xotira va 256/512GB/1TB doimiy xotiraga ega va u Android 12 ga asoslangan MiFavor UI operatsion tizimida ishlaydi. Uning 5000 mAh sig'imli batareyasini 80 vattlik tezkor quvvatlash bilan USB-C porti orqali zaryadlash mumkin.

ZTE Axon 40 Ultra kulrang va qora ranglarda quyidagi to'rt xil variantda chiqariladi:

  • 8GB + 256GB – 4998 yuan ($743)
  • 12GB + 256GB – 5298 yuan ($788)
  • 12GB + 512GB – 5798 yuan ($862)
  • 16GB + 1TB – 7298 yuan ($1,085)

Smartfon sotuvi 13-maydan Xitoyda boshlanadi, hozircha esa unga oldindan buyurtma berish mumkin. Global bozorga esa kelayotgan iyun oyidan sotuvga chiqarilishi aytilmoqda.

O'QING: Nokia 200 megapikselli smartfon bilan kambek qilmoqchi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!