Galaxy S22 Ultra yangicha rangda taqdim etiladi

Galaxy S22 Ultra yangicha rangda taqdim etiladi

Galaxy S22 Ultra modelining texnik jihatlari hamda dizayniga oid ko‘plab ma’lumotlar sizdirildi. Kecha esa internetda smartfon qanday ranglarda taqdim etilishi haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Avvalroq mish-mishlarda S22 Ultra qora, oq va to‘q qizil ranglarda taqdim etilishi aytilgan edi. Endi ular qatoriga to‘q yashil rang ham qo‘shildi. 

Bu haqida Ice Universe insayderi o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi. LetsGoDigital esa darhol ushbu rangdagi smartfonning renderlarini taqdim etdi. 

Shuni ta’kidlash joizki, yashil Samsung uchun yangi rang emas. Avvalroq Galaxy S10 modellari Prism Green, Galaxy Z Fold 3 esa Phantom Green rangida sotuvga chiqarilgan edi. 

Yashil rang S22 Ultra'ga juda mos tushgan. Seriyadagi S22 hamda S22+ smartfonlari ham katta ehtimol bilan ushbu rangda taqdim etiladi. 

S22 seriyasining taqdimoti yanvar oyining oxirida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Smartfonlar fevral oyining o‘rtalarida sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Samsung besh yil avval ishlab chiqarilgan smartfonga dasturiy ta’minot yangilanishni jo‘natmoqda 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!